T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet34/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


atribut va klyasser; chet tillaridan biri; birinchi uchrashuv va tanishuv; xalqaro forum; foydalanish; lotin harflari.


Nazorat savollari:


  1. Nima uchun biznesmenlar vizit kartochkalari 90x50 va 80x50 mm o’lchamlarda tayyorlanadi?

  2. Vizit kartochkalarda nimalar ko’rsatilishi kerak va nima sababdan?

  3. Vizit kartochkalarini boshqa kishilardan olishda qaysi etiket qoidalariga rioya qilinishi shart?

  4. Xalqaro tajribada vizit kartochkalari nima maqsadlarda foydalaniladi?

  5. Taklifnoma va tabriknoma hamda minnatdorchiliknoma sifatida ishlatiladigan vizit kartochkalarda qanday belgilar qo’yiladi?



  1. Biznes korxonalarida yig’ilishlarni o’tkazish va amaliy tanqid


    1. Yig’ilishlarni o’tkazish qoidalari

Biznes korxonalari jamoalari uchun muhim bo’lgan masalalar xodimlar yig’ilishlarida ko’rib chiqiladi. Majlis kun tartibiga qo’yilgan masalalarning yechilish darajasi va yechimining samaradorligi majlisni tashkil qilishga va o’tkazishga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham majlislar biznes va boshqa korxonalarning eng muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi.


Yuqori darajada tashkil qilingan va o’tkazilgan majlislar ular qatnashchilarining kun tartibiga qiziqishini oshiradi, kayfiyatini yaxshilaydi, ularda muhim bir masalani yechishda qatnashganligi to’g’risida ko’tarinki ruh hosil qiladi va kelajakda yaxshi ishlash uchun ham xohish paydo bo’ladi.
Rejalashtirilayotgan majlislarning samarali o’tishini ta’minlash uchun rejalashtirish va tashkiliy masalalar bilan bog’liq qo’yidagi qoidalarga rioya qilinishi lozim:

  • kun tartibi ko’rsatilgan taklifnoma majlis boshlanishidan bir necha kun oldin uning ishtirokchilariga tarqatilib chiqilishi lozim, ushbu muddat qatnashadigan kishilarning tayyorlanishiga va fikrlarini jamlashga imkon beradi. Taklifnoma matnini yozishda ham har bir kishiga individual yondashish lozim, ya’ni taklifnomada shu kishining majlisda aynan ishtirok etishi kerakligi ko’rsatilishi kerak. masalan, “Hurmatli Zokir Mamarasulovich, siz uzoq yillar davomida xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat qilib kelmoqdasiz. Shu sababli ham majlis kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha katta tajribaga egasiz. Agar o’z tajribangizni bizlar bilan baham ko’rsangiz juda ham xursand bo’lgan bo’lar edik. Sizning majlisda qatnashishingizni iltimos qilamiz!;

  • majlisning o’tishi va ishtirokchilarning kayfiyati majlis xonasining toza va shinam bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Xonaning tayyorligini nazorat qilish, agar xona tayyor bo’lmasa, uni tayyorlash hamda kun tartibini stollar ustiga qo’yib chiqishga ulgurish uchun majlisni tashkil qiluvchi shaxs uning boshlanishidan oldinroq kelishi lozim;

  • majlisga necha kishi kelganidan qat’iy nazar uni kun tartibida ko’rsatilgan soatda aniq boshlashi kerak, chunki tadbirlarga kechikib kelish yoki kechikib boshlash majlisga kelganlarga nisbatan behurmatsizlik hisoblanadi;

  • majlisni olib boruvchi shaxs dokladchilarga so’z berishdan oldin ishtirokchilarga nima maqsadda yig’ilganligini yana bir bor eslatib o’tishi va barchalaridan faol ishtirok etishini iltimos qilishi maqsadga muvofiq bo’ladi;

  • majlisni boshqarib boruvchi shaxs uni nazorat qilib borishi, agar kimdir kun tartibida qo’yilgan masaladan chetga chiqganda ham odob saqlab uning o’z fikrini tamom qilishiga imkon berishi kerak;

  • majlisning oxirida uni olib boruvchi shaxs qisqacha xulosa qilishi lozim. Xulosada qaysi ishtirokchilarning faol qatnashganligi, kun tartibining hal qilinganlik darajasi to’g’risida ta’kidlab o’tishi va majlisni uning qatnashchilarini zeriktirib ulgirmaydigan qisqa vaqt ichida tamom qilishi shart.

Odamlar vaqtining qadr-qiymatiga yetadigan va qatnashchilarga hurmat–ehtirom bilan qaraydigan majlislarga xodimlar jon–dillari bilan qatnashishga harakat qilishadi.

Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling