T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket


Download 180.21 Kb.
bet7/54
Sana17.06.2023
Hajmi180.21 Kb.
#1537637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
Xudayshukurov T. Biznes - etiket

Tayanch iboralar:


inson jamiyat mahsuli; urf–odat, rasm–rusum, xizmat etiketi; biznes-etiket.


Nazorat savollari:


      1. Odam boshqalardan ajralgan holda yashay oladimi yoki yo’qmi?

      2. Odamlarning jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosida qanday qoidalar yotadi?

      3. Biznes–etiketining xizmat etiketidan farqi nimada?

      4. Biznesmenlar uchun biznes–etiket qoidalarini bilishning qanday ahamiyati bor?
  1. Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari


    1. Biznesmenlar imiji

Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan, muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo’ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va halq oldida o’z mavqyeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim. Halqaro tajribada biznesmenlar to’g’risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga ularning imiji deyiladi.


Imij tushunchasi lotincha “imago” so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda timsol va o’xshash degan ma’noni beradi. Keng ma’noda esa qandaydir shaxs, firma, tovar mahsuloti to’g’risida jamoat ongida shakllangan tasavvur, qiyofa yoki timsol tushuniladi.
Tasavvur, qiyofa, timsol yoki siymo (bundan keyin taassurot yoki tasavvur deyiladi) umumiy ibora bo’lib, biznesmenlarning tashqi qiyofasi, kiyimi va kiyinishi, tozaligi, yurish–turishi, hatti–harakati, muloqot qilish va har xil vaziyatlarda etiket qoidalari bo’yicha o’zini tuta olish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham biznesmenlar, umuman odamlar, to’g’risidagi umumiy tasavvur ularning hamkorlar va boshqa suhbatdoshlar bilan muloqotga tushish, tashqi qiyofasini, kiyinishini, maxsus tadbirlarda, jamoat joylarida, ko’chada va uyda yurish–turishlarini hamda hatti–harakatlarini kuzatish natijasida shakllanadi. Biznesmen to’g’risidagi shakllangan umumiy tasavvurning to’planib va jamoat ongida o’rnab qolishida ommaviy axborot vositalari, tanish–bilishlari hamda biznesmen faoliyati va korxonasi to’g’risidagi reklama katta ahamiyatga ega.
Ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi qiyofasi va kiyinish tarzi katta rol uynaydi. Shu sababli ham biznesmenning tashqi qiyofasini shakllantirish, yuz–ko’z tuzilishiga qarab kiyimlari rangini, bichilishini va tikilishini tanlash hamda uni kiyish masalalari bo’yicha maxsus mutaxassislar shug’ullanadi. Ular imijmeykerlar deb ataladi.
Imijmeykerlar deganda davlat arboblari, siyosatchilar, artistlar, biznesmenlar kabi kishilarning reklamasi bilan shug’ullanadigan, obro’sini oshirish, shuhratini mustahkamlash uchun samarali imij strategiyasini, taktika va texnologiyasini ishlab chiqaradigan mutaxassis kishilar tushuniladi.

Download 180.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling