T. Xudayshukurov Biznes – etiket


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
sosial holat; bezak; erkak biznesmen sochlari va soqol–mo’ylovlari; erkak 
biznesmen tirnog’i; ayol biznesmen sochi; soch parvarishi. 
Nazorat savollari: 
1. Biznesmenlar uchun sochning qanday ahamiyati bor? 
2. Erkak biznesmenlarning sochlarini va tirnoqlarini parvarish qilishga 
qanday talablar qo’yiladi? 
3. Ayol biznesmenlar sochlariga va ularni parvarish qilishga qanday 
talablar qo’yiladi? 


23 
4.3. Erkak biznesmenlar ish kiyimlari 
4.3.1. Ish kostyumi va uning kiyilishiga qo’yiladigan talablar 
Biznes sohasida to’plangan tajriba shuni ko’rsatadiki, aksariyat 
biznes korxonalarida maxsus ish kiyimlari joriy etiladi. Erkak 
biznesmenlar uchun asosiy shaxsiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. U har 
kuni ishga va tantanali vaziyatlarda kiyiladiganlarga bo’linadi. 
Kostyum materialiga, rangiga, sifatiga va kiyilishiga qatiy talablar 
qo’yiladi. Biznesmenlar albatta ularga rioya qilishlari lozim : kostyum juda 
ham 
sifatli, 
g’ijimlanmaydigan, rangi bo’yicha ko’zga yaqqol 
tashlanmaydigan va atrofdagilarning diqqatini tortmaydigan bo’lishi kerak. 
Bunday talablarga to’q - ko’k, to’q - kulrang va kulrangli jun gazlamasi va 
gabardin javob beradi. 
Yuqori imijga ega bo’lgan biznesmenning almashtirib kiyishi uchun 
eng kamida uchta kostyumi bo’lishi lozim. Ulardan biri albatta yoz vaqti 
uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim. Biznesni endi boshlaydigan va hali 
mablag’i uncha ko’p bo’lmagan biznesmenning hyech bo’lmaganda bitta 
sifatli kostyumi bo’lishi shart. 
Biznesmenlar kostyumi bir yoki ikki bortli bo’lishi mumkin. Bir 
bortlisi amerikacha, ikki bortlisi esa yevropacha kostyum deb yuritiladi. 
Bir bortli kostyumda tugmalari bir tomoniga, ikki bortlida esa ikki 
tomoniga ham qadalgan bo’ladi. Bir bortli kostyum klassik ahamiyat kasb 
etsa, ikki bortli kostyum esa uning sohibi to’g’risida modali biznesmen 
imijini shakllantiradi. 
Qaysi kostyum tanlanishidan qat’iy nazar, biznesmenning ko’chada 
yurishida, bir joyda kostyumda turishida ish davrida va boshqa 
vaziyatlarda uning ma’lum bir tugmalari o’tkazilgan bo’lish kerak. 
Kostyumda yurganda yoki bir joyda oyoqda turganda ikki tugmali bir 
bortli amerikacha kostyumning yuqori, uch tugmali komtyumning esa 
o’rtadagi tugmasi o’tkazilgan bo’lishi lozim. Ikki bortli yevropacha 
kostyumning esa hamma tugmalari o’tkazilgan bo’lishi shart. Barcha 
rasmiy vaziyatlarda, prezidiumga chiqib o’tirganda, doklad qilishda (turli 
maqsadlarda), 
teatr, 
mehmondorchilik 
va 
restoranda 
o’tirganda, 
kostyumning borti nechta bo’lishidan qat’iy nazar, uning yuqori tugmasi 
o’tkazilgan bo’lishi lozim. Kresloda o’tirib ishlashda yoki ovqatlanish 
davrida (restorandan tashqari) kundalik kostyumning tugmasi o’tkazib 
qo’yilmasligi ham mumkin. Issiq iqlim sharoitida yoz paytida, shu 
jumladan O’zbekiston sharoitida kostyum yechilib, ilgakka osilib 
qo’yilishi ham mumkin. 


24 
Biznesmen kostyumi nimcha (jiletka) bilan ham kiyiladi. Nimchali 
(jiletkali) kostyum uchtalik yoki troyka deb nomlanadi. Agar kostyum jilet 
bilan kiyiladigan bo’lsa, jilet o’zining uzunligi bo’yicha ko’ynakni va shim 
kamarini to’liq yopib turgan bo’lishi shart. 
Erkak biznesmenlarning kundalik kostyumi albatta ko’ynak, galstuk 
va tufli bilan kiyiladi. Ularni tanlash va kiyishga ham qator talablar 
qo’yilgan. Biznesmenlar o’z faoliyatida bu talablarga ham qat’iy rioya 
qilishlari lozim. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling