T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Suhbat davrida o’zini tutish va hatti–harakat qilish qoidalari
Tayanch iboralar: majlis; suhbat; yuzma–yuz; ibora; qat’iy belgilangan vaqt; xushmuomalalik; kechikish; qayta nazardan o’tkazish; dadil qadam va tabassum; birinchi fikr; kechikish. Nazorat savollari: 1. Muloqot qanday shakllarda o’tkaziladi? 2. Suhbat - bu nima va unda necha tomon qatnashadi? 3. Nima sababdan “o’z vaqtida bo’lishlik” yoki “so’zining ustidan o’z vaqtida chiqishlik” iboralari biznesmenlar uchun katta ahamiyatga ega? 4. Uchrashuv va suhbatlarga kechikib kelish mumkinmi yoki yo’qmi? 5. O’zi to’g’risida ishonch va ijobiy fikr qoldirish uchun biznesmenlar suhbat va uchrashuvlar xonalariga qaysi tarzda kirib kelishlari kerak? 8.2. Suhbat davrida o’zini tutish va hatti–harakat qilish qoidalari Amaldagi etiket qoidalari odamlarning bir–birlari bilan muloqotga tushishida va salomlashishida qator talablarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular suhbat va salomlashish davrida o’zini tutish qoidalari deb ataladi. Bu qoidalar suhbat davrida suhbatdoshning yuziga qarab gaplashish usullarini, suhbatdosh fikrini tinglash va o’tirish hamda imo–ishoralarni o’z ichiga oladi. Suhbatlashish davrida suhbatdoshning yuziga qarab gapirish bu oddiy bir harakat emas, katta bir san’at hisoblanadi, chunki ba’zi bir qarashlar suhbatdoshni o’ta noqulay holatga tushirib qo’ysa, ba’zi qarashlar esa suhbatdoshni muloqotning ijobiy kechishiga moyil qiladi. Halqaro tajribada suhbatdosh yuziga qarashning uch xil turi shakllangan: - bir guruh suhbatdoshlar bilan muloqotga tushishda ular yuzlariga qarash (kasbiy qarash); - kundalik munosabatlarda bir–birlarining yuziga qarash (oddiy qarash); - jiddiy yoki juda yaqin qarash (tikilib qarash). Bir–birlarining yuziga qarab suhbatlashish suhbatdoshning sizni diqqat va o’z fikrini bayon qilishda salmoqli so’zlarni gapirish uchun dalda beradi. Suhbatdoshning yuziga qarashda etiket qoidalari bir nuqtaga qarab qolishni yoki boshidan oyog’igacha qarashni tavsiya qilmaydi, chunki suhbatlashish davrida noqulay vaziyat paydo bo’libgina qolmasdan suhbatdoshga salbiy ruhiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday qarashlar 60 suhbatdoshning etiket qoidalarini bilmasligiga yoki kamsitish maqsadida qilgan xarakati natijasida sodir bo’ladi. Madaniyatli biznesmen bunday qarash uchun hyech qachon harakat qilmaydi. Amaldagi etiket qoidalari suhbatdosh yuzining faqat bir nuqtasiga tikilib qolmasdan butun yuzi bo’yicha ko’z yugurtirishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari suhbatdoshning iyagidan pastga qaramaslik kerak. Shuning uchun ham ayol biznesmenlar iyagidan pastga qarashga majbur qiladigan yoqasi o’ta ochiq ko’ynaklarni kiyib, rangi va o’lchami bo’yicha suhbatdoshning diqqatini o’ta tortadigan taqinchoqlarni, erkaklar esa rangdor va gulli galstuklarni taqib ishga va suhbatga kelmasliklari kerak. Bir guruh suhbatdoshlarning yuziga birdaniga qarash usuli majlislar va yig’ilishlar o’tkazishda hamda prizentasiya qilishda katta samara beradi. Bunday vaziyatlarda etiket qoidalari avval o’tirgan kishilarning ko’zlariga qarashni, keyin esa ularning peshonasiga qarab gapirishni taqozo qiladi. Qarashning bu usulida hamma o’tirganlarda suhbatdosh aynan shu kishiga qarab gapirayotganlik fikri paydo bo’ladi va natijada hammaning fikri gapirayotgan kishiga tomon jalb qilinadi. Bu esa doklad qilayotgan kishiga butun auditoriyani nazorat qilishga imkon beradi. Kundalik uchrashuvlarda suhbatdoshning avval ko’ziga qarash va keyin uning butun yuzi bo’yicha ko’z yugurtirib turish (ko’zidan peshonasiga, peshonasidan burniga, burnidan lablariga, lablaridan qo’loqlariga qarash) tavsiya qilinadi. Kundalik uchrashuvlarda ham suhbatdoshning yuziga tikilib qarash taqiqlanadi. Qarash nazokatli va suhbatdoshga ozor yetkazmaydigan bo’lishi kerak. Bu qarashlarning universal usuli bo’lib, har qanday vaziyatda ham undan foydalanishga harakat qilish kerak. Bu usul ikki biznesmenning bir–birlari bilan qarama– qarshi o’tirib suhbatlashishida samarali hisoblanadi. Jiddiy, ya’ni o’ta yaqin tikilib qarash usulida iyagidan pastga qarashga ruxsat berilmaydi. Endi siz tuflingizga yoki galstugingizga diqqat bilan qarab turgan kishini ko’z oldingizga bir keltiring-chi, sizda qanday fikr sodir bo’ladi: “nima uchun u mening tuflimga yoki galstugimga bunday tikilib qarayapti?” degan fikr paydo bo’ladi va o’zingizni birdaniga noqulay sezib boshlaysiz. Shu sababli ham biznesmenlar faoliyatida qarashlarning bu usulidan foydalanish mumkin emas. Ushbu usuldan og’a- inilarning va bir–birlariga o’ta yaqin kishilarning uzoq vaqt o’tgandan keyin uchrashuvlarida foydalaniladi. Biznesmenlar uchrashuvlarida har bir suhbatdosh egallab turgan lavozimiga va yoshiga qarab o’tirg’iziladi. Suhbat davrida stol atrofida o’tirishda ham qator etiket talablariga rioya qilinish kerak: birinchidan, 61 stulning suyanchig’iga suyanib tik o’tirishni, ikkinchidan, oyoqlarini tik va yelka kengligida ushlab turishni, uchinchidan, butun suhbat davrida ikkala qo’lning ham tizza ustida bo’lishini talab qiladi. Agar siz uchun qo’lni tizza ustida ushlab turish qiyinroq bo’lsa, uni stol ustida ushlab turish ham mumkin. Lekin amaldagi etiket qoidalariga ko’ra stolga tirsagi bilan suyanib o’tirish qat’iy man qilinadi. Qo’llarni stolga qo’yib o’tirganda ham qalam, ruchka yoki ko’zoynak bilan o’ynab, ularni yoki stolni chertib, taqillatib o’tirish, marjon yoki sumka bog’isini o’ynash, barmoqqa soch tolasini o’rash, suhbatdoshga teginish, uning yelkasiga yoki tizzasiga qo’lini qo’yish, yelkasiga qoqish, yengi yoki pidjak tugmalarini ushlab, ko’rib o’tirish ham tavsiya qilinmaydi. Stolda yoni bilan o’tirish suhbatdoshga nisbatan o’ta hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Agar suhbatdoshning gaplari sizning fikringizga umuman to’g’ri kelmasada etiket qoidalari uning gaplarini luqma tashlamasdan va bo’lmasdan oxirigacha eshitishni va aksincha sizning fikringiz bilan uyg’unlik joyini topishni talab qiladi. Suhbatdosh gapini tamom qilgandan keyin siz suhbat mavzusiga nisbatan shoshmasdan va dalillar asosida xushmuomalalik bilan o’zingizning fikringizni bildirishingiz mumkin. O’z fikrini bildirishdan oldin suhbat tashkilotchisidan ruxsat va boshqa ishtirokchilardan kechirim so’rash lozim. Etiket qoidalariga rioya qilmasdan suhbatdosh gapirayotganda ha deb luqma tashlayverish, savollar beraverish va qo’li hamda gavdasi bilan imo–ishoralar qilaverish – bu tajanglik, madaniyatsizlik va hurmat qilmaslik belgisi hisoblanadi. Bundan tashqari suhbatdoshning gapirayotganida qo’li va butun gavdasi bilan nojo’ya harakatlar qilish nafaqat tarbiyasizlikni, asabning tajangligini ham bildiradi. Bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbat davrida sigaret chekish va saqich chaynash ham mumkin emas. Suhbat davrida, qo’li, panjalari va ko’zlari bilan hyech qanday harakat qilmaslik kerak. Har bir so’zsiz harakat va imo–ishora mazmunga ega bo’lib, suhbatdoshlar tomonidan osongina anglab tushunib olinadi (jadval). Yana shunga e’tibor berish kerakki, suhbat tamom bo’lgandan keyin suhbatdoshlarga rahmat aytmasdan va xayirlashmasdan chiqib ketish ham mumkin emas, chunki bunday harakat etiket qoidalariga zid keladi. Agar juda ham shoshilayotgan bo’lsangiz, boshqalardan kechirim so’rab, xayrlashib chiqib ketish mumkin. Lekin etiket qoidalariga ko’ra boshqa korxonalardan kelgan suhbatdoshlarni binodan chiqish eshigigacha, agar bino ko’p qavatli bo’lsa, liftgacha bir–birlariga yaxshi tilaklar tilib kuzatib 62 qo’yishlari lozim. Bu yerda yevropacha va sharqona etiket talablari bir– birlariga to’liq mos keladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling