Tabiat bilan tanishtirish. 1-topshiriq


Download 15.38 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi15.38 Kb.
#112422
Bog'liq
Tabiat bilan tanishtirish


Tabiat bilan tanishtirish.

1-topshiriq.

Katta guruhda dalaga maqsadli ekskursiya.

Ushbu sayr bahorda, ayni ekin ekish ishlarini olib boriladigan vaqtda, ochiq havoli va quyoshli kunda o’tkaziladi.

Ekskursiyadan maqsad. Bolalarni bahor faslining o’ziga hosligi bilan tanishtirish, bolalarga bahorda ekiladigan o’simliklar haqida ma’lumot berish va ular bilan yaqindan tanishish imkonini berish. Ushbu ekinlarning bir biridan farqini va nomlarini o’rgatish. Ekin ekish vaqtida ishlatiladigan ish qurollari bilan tanishtirish. Ish qurollaridan foydalanayotganda ehtiyot choralarini ko’rishga o’rgatish. Dehqonlar mehnatini qadrlashga o’rgatish. Mehnatsevarlikka bo’lgan salohiyatini oshirish. Mehnat jarayonidan va bahor faslidan estetik zavq olishga o’rgatish.

Ekskursiyaga tayyorgarlik. Bolalarga ayni vaqtda dalalarda ish qizg’in tus olgani, bahordagi manzaraning go’zallashgani, dehqonlarga ekin ekishda yordamlashishlari haqida aytiladi. Ozlari mustaqil ekishlari uchun manzarali gul yoki biror boshqa turdagi o’simlik ko’chatlari va bolalar uchun mo’ljallangan ish qurollari ham olinadi.

Ekskursiyaning borishi. Bolalar dalaga kirishlari bilan tarbiyachi ularga dalaning kengligi va ishning qizg’inligi haqida aytadi. Ishlayotgan dehqonlarni ko’rsatib ular bilan salomlashtiradi va bolalarni ular bilan tanishtiradi. Tarbiyachi bolalardan dehqonlar qanday o’simlik ekishayotgani haqida so’raydi. Bilgan bolajonlarning javoblaridan so’ng ekinlar haqida bolalarga o’zi to’lliq tushuncha beradi. Bolalarga ko’chatlar orasidagi farqlarni topishlarini aytadi. Ularning nomlarini o’rganadilar. Tarbiyachi bolalarga bahor faslida yana qanday o’simliklar ekish mumkunligi haqida so’zlab beradi.

Tarbiyachi endi bolalarni ish qurollari bilan tanishtiradi. Ularni qanday ishlatish mumkinligini ko’rsatib berishini biror ko’ngilli dehqondan so’raydi va bolalarga diqqat bilan kuzatishlarini aytadi. So’ng hohlovchi bolalardan olib kelingan mahsus ish qurollaridan foydalangan holda dehqonning harakatlarini qaytarishlari so’raladi va bu jarayonda ish qurollaridan foydalanish vaqtidagi ehtiyot choralarini o’rgatadi.

Endi tarbiyachi bolalarga o’zlari bilan olib kelgan ko’chatlarni ekishni taklif qiladi. Qulay joy tanlanib bolalarga ko’chat ekishni avval o’zi ko’rsatib beradi. So’ng bolalarga turli ko’chatlarni berib o’zi birgalikda ekishadi. Ko’chatlarga suv quyishadi. Bolalardan qanday ko’chatlar ekkanliklarini so’rab yuqorida ko’chatlar haqida berib o’tgan ma’lumotlarini yodlariga soladi. Bolalardan sabzavot va o’simliklar haqida yod olgan she’rlarini so’raydi. Shundan so’ng tarbiyachi bolalarga salqin joyda dam olishni taklif qiladi va bu vaqtda bolalarga dehqonlarning mehnati va mashaqqati, xalq to’kin-sochinligiga qo’shadigan hissalari haqida hikoya va she’rlar aytib beradi. Bolalarni qiziqtirgan savollarga javob beradi.

Ekskursiya ohirida bolalar dehqonlar bilan hayrlashadilar.



Bolalarning dala va dehqonlar haqidagi tasavvurlarini ko’rgazmali rasmlar, she’rlar va turli saxna ko’rinishlari bilan mustahkamlash mumkin.


Download 15.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling