Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet36/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Qishloq xo‘jalik ishlari. Mart oyida dalalarda don ekinlari va beda ekish davom etadi. Kartoshka va ertangi karam ekiladi, rediska, petrushka va ukrop sepiladi.
Mart oyida ko‘chatlar o‘tqazish va daraxtlarni bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chirish ishlari davom ettiriladi. Daraxt ko‘- chatlarini o‘tqazish ishlarini tuproqning yumshashidan bosh- lab kurtaklarning bo‘rta boshlaganiga qadar davom ettirish mumkin. Daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish uchun joy va har bir daraxtning yaxshi o‘sishi uchun ma’lum ozuqa maydoni tanlanadi.
Daraxtlarni bir-biriga juda ham yaqin o‘tqazib bo‘lmaydi, chunki ildizlar o‘sib yetilib, bir-biriga xalaqit beradi (daraxt- larning ildizlari tevarak-atrofga keng quloch yozadilar, ayniq- sa eski bog‘larda ularning ildizlari bir-birlari bilan chatishib ketgan). Mevali bog‘larda daraxtlarning turli xillarini ekish tavsiya qilinadi. Har bir tur mevadan bir necha nav: urug‘lilaridan 2—3 nav, danaklilaridan 3—4 nav ekiladi.
Olma va nok daraxtlarini bir-biridan 6—10 m masofada o‘tqaziladi, olcha va olxo‘ri daraxtlarini bir-biriga yaqinroq, ya’ni 3—4 metr oralig‘ida joylashtirish mumkin.
Daraxtlar qatorlab yoki shaxmat usulida ekiladi. Daraxtlar ko‘chatzorlarda qanday o‘tqazilgan bo‘lsa, ana shunday chu- qurlikda o‘tqazilishi lozim.
Odatda daraxtlarni o‘tqazish vaqtida shu narsa tavsiya qilinadiki, daraxtning ildiz bo‘yni tuproqning yuqori qatlamiga nisbatan birmuncha yuqoriroq bo‘lishi kerak, chunki tuproq keyinchalik cho‘kkan vaqtida daraxtning ildiz bo‘yni bilan barobar bo‘lib qoladi.
Daraxtning ildiz bo‘ynini besh santimetrdan oshiqroq chuqurlikda ekilsa, keyinchalik havoning yetarli miqdorda kirmasligi natijasida daraxtlar yomon rivojlanadi. Chuqur o‘tqazilgan daraxt sekin o‘sadi, sovuqqa chidamsiz bo‘lib, har xil kasalliklarga, bog‘ zararkunandalarining hujumiga chidash bera olmaydi. Daraxt ildizining normal o‘sishi uchun yetarli miqdorda issiqlik, havo va namlik bo‘lishi kerak.
Mevali daraxtlar chuqur o‘tqazilsa yaxshi hosil bermaydilar yoki mutlaqo hosildan to‘xtab, barvaqt quvrab qoladilar. Daraxt ko‘chatining sayoz ekilishi ildizlarining qurib qolishiga va o‘simlikning nobud bo‘lishiga olib keladi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling