Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar


Download 1.52 Mb.
bet39/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Bog‘larda o‘rik, olcha, erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. 3—4 yil ilgari o‘tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha hosil bera bosh- laydi, olma daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi. Ko‘pgina mevali daraxtlar yil sayin emas, balki yil ora hosil beradi. Bu hosil berishning davriyligi deb ataladi.
Iyun oyida gladiolus, ajdarog‘iz, chinnigul, kartoshkagul, kanna, xushbo‘y tamaki, delfiniullar, siniya (qizil gulli dekorativ o‘simlik), moychechak, floks, petuniy, tizimgul, semizo‘tlar va boshqa bog‘ gullari gullay boshlaydi, chir- mashuvchi gullar, chirmovuqlar to‘q qizil rangda gullaydi.
Yaxshi ob-havo sharoiti bo‘lganini ko‘rsatuvchi ko‘pgina belgilar bor. Jumladan, ertalabki tongning zarrin nurlari quyoshning bulutlar orasidan chiqmasligi. Tuman tushadi va tezda tarqaladi, pashshalar barvaqt uyg‘onishadi, tong endi yorishishi bilanoq asalarilar, qaldirg‘ochlar uyalaridan uchib chiqadilar va havoda baland parvoz qiladilar, chivinlar qo‘ng‘izlar g‘o‘ng‘illab uchib yuradilar. Quyosh bulutlar orasiga yashirinmaydi, balki, botish oldidan to‘q qizil yoki oltin rangga kiradi, charaqlab oy chiqadi, yulduzlar moviy rangda charaqlaydilar.
lyunning uchinchi o‘n kunligida g‘o‘za gullay boshlaydi.
lyul oyida, bog‘larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib yetiladi. Polizlarda pomidor, baqlajon, bulg‘or qalampiri singari sabzavotlar pishadi.
Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gulzorlarda qo‘qongul, tizimgul, nastursiya, za’fargul, kartoshkagul va boshqa gullar ochiladi.
G‘o‘zalar yoppasiga gullaydi va ko‘sak tuga boshlaydi. Makkajo‘xorilar dumbul bo‘ladi.
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Qushlarning ovozi jaranglaydi. Ayniqsa, bulbul ko‘p sayraydi.
Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar — qushchalar chiqadilar. Ularni onalari boqadilar. Bu paytda uyasidan tushib ketgan qaldirg‘och va chumchuq bolalarini tez-tez ko‘rish mumkin. Ularni uyalariga solib qo‘yish kerak. Qush bolalarini tabiat burchaklariga olib kelib bo‘lmaydi. Ular juda serovqat bo‘ladilar.
Qo‘ng‘izlar, pashshalar, asalarilar tez-tez guldan-gulga qo‘nib turadilar. Ular gullardan nektar va chang yig‘adilar.
Kapalaklar ham gullarga qo‘nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini ko‘rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so‘rib oladilar.
Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratish mumkin. Ular tunda gullar ichida isinadilar. Ba’zi vaqtda esa, gullar ichiga tuxum qo‘yadilar. Jumladan, chinnigullarning gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan.
Suzg‘ich ona qo‘ng‘iz ham o‘simliklarga tuxum qo‘yadi. U ikki oy mobaynida mingtacha tuxum qo‘yadi. Keyinchalik tuxumdan lichinkalar chiqadi. Suzg‘ich qo‘ng‘izning lichinkalari ikki-uch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikki marta tullaydi. Yozning o‘rtalarida lichinkalar qo‘g‘ir- choqlarga aylanadi. Suzuvchi qo‘ng‘izlarning barcha qo‘ng‘izlardagi singari qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Lekin qo‘ng‘iz lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo‘g‘irchoqqa aylanadi.
Ana shu vaqtda suv qo‘ng‘iz oqayotgan suvdagi barglarga tuxum qo‘yadi. U o‘rgimchak iplariga o‘ralgan holda hammasi bo‘lib 50—60 ta tuxum qo‘yadi. Oradan ikki-uch hafta o‘tgach, tuxumlardan lichinkalar yorib chiqadilar. Suvsevar qo‘ng‘iz- ning lichinkasi semiz va beo‘xshov bo‘ladi. U yomon suzadi.
Oradan ikki oy o‘tgach, qirg‘oqqa sudralib chiqadi, o‘ziga «beshik» yasaydi, ikki haftadan keyin esa, qo‘ng‘izga aylanadi. U quvvatga kirib olgach, «beshigi»ni qoldirib ketadi va suvda suza boshlaydi.
Suv qo‘ng‘izini bahorda yoki yoz oxirida tutib olish va tabiat burchagida tekshiruv olib borish mumkin. Ular o‘t bosib ketgan hovuzlarda juda ko‘p bo‘ladi.
Iyul oyida qushlar tullay boshlaydi. Ayniqsa, g‘ozlar va o‘rdaklarda tullash qizg‘in tus oladi. Ularning barcha yo‘g‘on qanotidagi katta patlar to‘kilib, uchish qobiliyatini yo‘qotadi. Iyul oyining oxirlarida qushlarning sayrashlari kamaya bosh- laydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Bu vaqtda ko‘pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo‘ladi. Chigirtkalar himoya ranglari (ko‘k ranglari) bilan deyarli ko‘zga tashlanmaydilar. Ularni ko‘pincha ko‘k o‘t, shox-shabba va daraxtlarning ustida ko‘rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining yordami bilan katta-katta sakrashlari, shuningdek, o‘zlarining pirillashlari bilan bolalarning diqqatini jalb etadilar. Ularning ikki juft qanoti va uzun mo‘ylovi bo‘ladi.
Toshkentda kechki paytlarda uylarning devorlarida kalta- kesaklarni uchratish mumkin. Ular qushlarning sayrashlari kabi chirillab, o‘z yoniga kapalak, chivin va mayda chivinlarning uchib kelishlarini poylab yotadilar.
Avgust oyida, ko‘kqarg‘a, jarqaldirg‘och, ko‘rkunaklar singari ba’zi bir qushlar uchib keta boshlaydi. Laylaklar Tosh- kentdan sentabr oyida, Butun O‘rta Osiyodan esa oktabr oylarida uchib ketadilar.
Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo‘ng‘izlar bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling