Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet38/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

12- rasm. Tok (uzum)ning oidium bilan kasallanishi.
Mevasi ustida ko‘plab kul rang nuqtalar paydo bo‘ladi, to‘qimalarning normal o‘sishi natijasida yoriqlar paydo bo‘ladi va meva urug‘i (12- rasm) ko‘rinib qoladi. Ob-havo nam bo‘lganida, yorilgan mevalar chiriy boshlaydi, quruq ob-havo sharoitida esa qurib qoladi. Ortiqcha shoxlarni, barglarni kesib tashlash, novdalarni chekanka qilish oidiumga qarshi kurashning muhim vositalaridan biridir. Bu kabi tadbiriy chora agrotexnika sharoitlarini yaxshilashdan tashqari shoxlarning zichlashib qolishidan asraydi va ularning orasidan shamol bemalol o‘tadi. Bunda tekinxo‘r qo‘ziqorinning yashashiga hech qanday sharoit qoldirmaydi. Toklarni (uzumni) maydalangan oltingugurt bilan har 20 kunda mun- tazam changlab turish kerak. Tokzorni ana shunday parvarish qilish natijasida bolalar bog‘chasi uzumdan mo‘l hosil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bularga bolalarning e’tiborini jalb qilish zarur.
Mevali bog‘larda qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi (3-ilovaga qaralsin).
Yoz faslidagi o’zgarishlar va qilinadigan ishlar.
Birinchi iyun kalendar hisobi bo‘yicha yozning birinchi kuni hisoblanadi. 22- iyun yoz faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o‘tgan kuni bo‘lib, bunda eng uzun kun va eng qisqa tun bo‘ladi.
O‘zbekistonda haqiqiy yoz may oyidan boshlanadi. Yoz fasli O‘zbekistonda birmuncha cho‘ziladi.
Bahorda boshlangan bu jarayon o‘simliklardagi meva va urug‘larning pishib yetilishi bilan tugallanadi.
Ob-havodagi o‘zgarishlar. Iyun oyida ob-havo yaxshi bo‘ladi. Kunlik o‘rtacha harorat +20+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ko‘pincha yoz oylarida havo ochiq bo‘lib turadi1.
Iyun oyida kamdan-kam yomg‘ir yog‘adi. Shunda ham oyning birinchi o‘n kunligida, ko‘pincha momaqaldiroq aralash yomg‘ir yog‘adi. Ba’zan esa hatto do‘l yog‘adi.
Iyul oyida harorat ko‘tarilib, +30°+40° o‘rtasida bo‘ladi. Ahyon-ahyon yomg‘ir yog‘adi.
Ayniqsa, oyning ikkinchi yarmida o‘rtacha harorat pasayadi va +20°+25° darajaga tushadi. Havoda bulut bo‘lmaydi. Ba’zan avgust oxirlarida ozgina yomg‘ir yog‘adi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling