Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet32/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Mart oyida qattiq yog‘in- garchilik bo‘ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko‘tariladi. Lekin sovuqlar ham bo‘lib turadi.
Martning oxirlarida ba’zan momaqaldiroq bo‘ladi.
Aprel oyida harorat ko‘tariladi. Oyning boshida kunning o‘rtacha harorati +12+13, ba’zan +18+19 darajaga ko‘tari- ladi. 1955- yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga ham yetgan edi. Aprel oyining ikkinchi yarmi haroratning ko‘ta- rilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha pasayishi bilan xarakterlanadi. Aprel oyida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Ba’zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham bo‘ladi, ayrim hollarda qor ham yog‘adi. Bahorda yoqqan katta-katta qorni xalqimiz «laylak qor» deydi, chunki shu qor bilan laylak ham keladi. May oyida esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o‘rtacha harorat +10+25 daraja atrofida bo‘ladi. Biroq, oyning bosh- larida ob-havo beqaror bo‘lib, tez-tez o‘zgarib turadi. Ba’zan g‘o‘za va boshqa o‘simliklarga zarar keltiruvchi do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lib turadi.
O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Mart oyida dalalar «ko‘klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o‘simliklar, lolalarning ko‘pgina turlari, giatsintlar, har turli narsislar barg chiqara boshlaydi . Toshkentning tepalik va yonbag‘irlari ertangi gulsapsar, lola, nilufar singari gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko‘p yil yashasa ham, yog‘ingarchilikdan keyingina gullaydi. Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari saqlanib qoladi. Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq, boychechak, itgunafsha, qoqio‘t, kapalakgul, gunafsha, bo‘tako‘z singari bir yillik o‘simliklar ham gullaydi.
Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o‘ziga tortadi. O‘simlik to‘qimalari suvga to‘ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo‘lgan
uglevodni ham oladi. Uglevod barg to‘qimalari orqali ildizga borib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan kurtakka qarab yo‘naladi. Kurtak bo‘rtadi va ochiladi. Ozuqaning shunday harakati orqali o‘simlik «uyg‘onadi». Suvning ildizdan daraxtga ta’siri shox-shabba orqali bo‘ladi, yozda suv shoxlar orqali ildizga boradi va parlanadi.
Mart oyida qo‘ziqorinlar paydo bo‘ladi. Ular O‘zbekiston sharoitida uch haftagina o‘sadilar, biroq seryom- g‘ir bahorda qo‘ziqorinlar aprel-may oylarida ham o‘sishni davom ettiradi. Mart oyida ko‘lmak suvlarda lempa, elodeya (8-rasm, a), qo‘ytikan (8- rasm, b), perolistnik (8-rasm, d) va boshqa suv o‘simliklari o‘sadi.
Aprel oyida deyarli barcha da- raxtlar barg chiqaradi. Eman va shum- tol singari daraxtlar hamma daraxt- lardan keyin ko‘karadi.
Yog‘ochli daraxtlar gullay bosh- laydi, yong‘oq, eman, tol singari daraxtlar gulto‘da chiqara boshlaydilar, zarang daraxtining gullari kul rang va ko‘k-sariq tusda bo‘ladi, shumtol da- raxtida esa mayda gul kosalari ichida 8- rasm. o‘tiradi, akatsiyada — cho‘p shaklidagi oq, xushbo‘y gullar ochiladi, gledichiya daraxtida, ko‘rimsiz, mayda sariq gulchalar paydo bo‘ladi. Aprel oyida nastarin, jasmin, buldonej singari buta o‘simliklari gullaydi. Daraxt- larning uyg‘onishi ob-havoning isishiga bog‘liq bo‘ladi.
Martning oxiri va aprel oyining birinchi yarmida danakli o‘simliklardan birinchi bo‘lib: shaftoli, olcha, tog‘olcha, olxo‘ri gullaydi. Keyinchalik aprel oyining yarmida meva- sining ichida urug‘i bo‘lgan daraxtlardan: olma, nok, behi gullaydi. Bahorda harorat bir me’yorda ko‘tarilganda danakli daraxtlar bilan urug‘ daraxtlarning gullashi deyarli oldinma- ketin, ayrim hollarda esa, bir vaqtning o‘zida gullaydi.
O‘rik, shaftoli singari daraxtlar avval gullab, keyin barg chiqaradi. Olcha, tog‘olcha, olma, nok, olxo‘ri, behi singari daraxtlar esa avval barg chiqarib, keyin gullaydi. Ob-havo sharoitining qulay kelishi daraxtlarning ko‘plab gullashiga imkon beradi va hosildorlikni oshiradi.
Bolalar bilan gullarning har turli rangi va tuzilishi bilan tanishtirish maqsadida mevali boqqa ekskursiyalar o‘tkaziladi. Bolalar o‘rik, shaftoli, olcha daraxtlarining gullarini hajmiga, barglarining rangiga qarab tezda ajrata olib, eslarida saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ana shu vaqtda sahrolarda lolaqizg‘aldoq va lolalar chamandek ochiladi.
Aprel oyining oxirida va ko‘pincha may oyining boshlarida jiyda daraxti kumushsimon barglar bilan qoplanadi. U kuchli xushbo‘y hid taratuvchi sariq gullar chiqaradi.
May oyida buldonej, uzum, jiyda gullaydi, olcha, gilos, qulupnay pishadi. Suv havzalarida mayda suv o‘simliklarining ko‘payishi davom etadi va suv yashil yoki sariq tusga kiradi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling