Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet29/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Ob-havodagi o‘zgarishlar. Yeming ustki qatlamini qor qop- lashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir.
O‘zbekistonda qish o‘ziga xos xususiyatga ega. Qor qat- lamlari mumtoz bo‘lmay, tez eriydi va qishda bir necha martagina yog‘adi. Odatda qor dekabr oyining boshlarida yog‘adi. Qishning ikkinchi yarmida — yanvar oyida, fevral oyining boshlarida ko‘proq qor yog‘adi, mart oyida ham bir oz yog‘ishi mumkin.
Dekabr oyida sovuq tushib, tez-tez shamol esib turadi. Dekabr oyida barvaqt qor yog‘ishi Toshkent sharoiti uchun xos bo‘lgani bilan, bunday hol kamdan-kam bo‘ladi. Hatto, dekabr oyida shunday kunlar bo‘ladiki, bunda harorat +20+25 darajagacha ko‘tariladi. Masalan, 1955- yilning dekabr oyida mahalliy vaqt bilan soat 6 dan 12 minut o‘tganda bahordagi singari momaqaldiroq, chaqmoq bo‘lib, do‘l aralash yomg‘ir yog‘gan.
Yanvar oyida odatda qor yog‘adi, lekin tez erib ketadi. O‘rtacha harorat butun oy davomida +4—6°C atrofida bo‘ladi, biroq ba’zan janubi-sharqdan iliq shamol «garmsel» esishi natijasida haroratning keskin ko‘tarilishini payqash mumkin. Kunduz kunlari harorat +17+20 darajagacha isiydi. Vaqtin- cha iliq va quyoshli havo bo‘ladi. Shunday vaqtlarda daraxtlar va butalar kurtak chiqarib qoladi. Keyinchalik yengil ayoz ta’siri ostida asta-sekin yana havo sovib qoladi.
Fevral oyida quyosh yuqoriroq ko‘tariladi, kun ancha uzayadi. Fevralning birinchi o‘n kunida odatda kun iliq, quruq bo‘ladi, harorat +17+19 darajagacha ko‘tariladi. Ikkinchi o‘n kunlikda unchalik qattiq sovuq bo‘lmay, kuchli qor yog‘ib o‘tadi. Ba’zi vaqtlarda uchinchi o‘n kunlikda ham qattiq sovuq tushib, qor quruq yog‘adi. Daraxtlarning shoxlari oqarib, qattiqqina qor qatlami hosil bo‘ladi. Qushlar ovqat topib yeyishga qiynaladilar.
O‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar. Qishda daraxtlar «yalang‘och» holda bo‘ladilar va nisbiy osoyishtalik holatida yashaydilar. O‘simlikning yer ustidagi qismlari o‘sishdan to‘xtab, qishki osoyishtalikka o‘tadi, ildizlarning yer ostidagi hayot faoliyatlari esa davom etadi. Daraxt nisbiy osoyishtalik vaqtlarida ozuqa zaxiralarini to‘playdi, (kraxmal, shakar va yog‘) to‘qimalarining nafas olishi pasayadi. Qish davrida daraxtlarning barcha shoxlari va po‘stlog‘i, shuningdek, kurtak, tanasidagi yoriqlar va barglar o‘z namini yo‘qotib boradi. Daraxtlar namligining katta miqdorda yo‘qolishiga qishki shamollar ham sabab bo‘ladi. Qishki shamollar ta’sirida o‘simliklarning novdalari va hatto butun o‘simlik ham halok bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hosil olingach, kech kuzda bog‘larni asta-sekin qoplatib sug‘oriladi. Qishda daraxtlarning halok bo‘lmasliklari va ko‘proq nam saqlashlari uchun ular atrofiga qorlarni to‘dalab qo‘yadilar.
Ikki yilik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning yer yuzasidagi qismi qurib, ildizpoya, piyozbosh va tuganaklari qoladi, bular o‘simlikning yangidan o‘sib chiqishi uchun ozuqa moddalar zaxirasini to‘playdi. Ildizlar yer tagida, qor tagida sovuqdan saqlanib turadi. Qishda sovuq qattiqroq bo‘lib yer qatlami qattiq muzlasa, o‘simliklarning ildizlari ham nobud bo‘ladi.
Ba’zi yillarda dekabr oyida ham o‘simliklar kurtak chiqaradi: bo‘tako‘z, margaritkalar ochiladi.
Fevral oyida sovuq bo‘lsa, o‘simliklar hayotida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Bunda agar havo iliq bo‘lsa, ko‘k o‘tlar ko‘rina boshlaydi. Iliq qish vaqtida, fevral oyining o‘rtalarida gunafshalarning kurtagi bo‘rtadi, kumushdek teraklar kuchalalay boshlaydi, zarang daraxtining bo‘rtib chiqqan kurtaklarida nozikkina gul barglari ko‘rina boshlaydi. Maysa o‘tlar chiqa boshlaydi, gunafsha, qoqio‘t bodom, oq qaldirmoqlar gullaydi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling