Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar


Download 1.52 Mb.
bet30/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Qushlar va hasharotlar hayotidagi o‘zgarishlar. Qish vaqtida o‘simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda bolalarning diqqat-e’tiborini qushlar hayotiga va holatiga jalb etish mumkin. Dekabr oyida shahar va qishloqlarda, aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg‘alar, zag‘chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig‘iladi. Ular o‘ralar, axlatxonalar, shuningdek, serqatnov yo‘llarda ozuqa qidiradilar. Ovqatlanib bo‘lishgach, bog‘ va xiyobonlarga uchib ketadilar. Daraxtlarning shoxlarida dam oladilar. So‘ng, yana hovlima-hovli uchib keladilar. Qorong‘i tushishi bilanoq to‘da-to‘da bo‘lib uchib ketib, baland daraxtlarning shoxlariga qo‘nib tunaydilar.
Dekabr oyida shahar atroflaridan ko‘kraklari oq-qora rangli katta chittaklar uchib keladilar va Toshkent bog‘ va xiyobonlarini to‘ldirib yuboradilar. Ular, daraxtlarning kavaklari va shoxlarida qishlagan hasharotlarni topib yeydilar. Ular hasharotlarning yuz minglarcha tuxumlarini ham tozalaydilar. Ba’zi vaqtlarda zab- liklar ham uchraydi. Quyoshli kun- larda qushlar ko‘proq harakatchan, quvnoq bo‘lishadi, bunga bolalar- ning diqqatini jalb etish kerak.
Shahar atrofidagi joylarda bu vaqtda ko‘pgina so‘fito‘rg‘aylarni uchratish mumkin, ular dalalardagi yovvoyi o‘tlarning urug‘larini terib yeydilar. Shuningdek, bu vaqtda bog‘lar va odamlar yashaydigan yerlarga yaqin kelib yashovchi zag‘izg‘onlarni ham uchratamiz.
Dekabr oyida qorayaloq va chittaklarning sayrashi eshitiladi. Bog‘larda qizilquyruqlar (6-rasm) paydo bo‘ladi. Kam-kam uchrasa-da, har o‘n yilda bir marta sovuq qish vaqtida snegirlar (7-rasm) paydo bo‘lishadi. Ular sekin-sekin hushtak chalib uchadilar. Bunda ota qushgina emas, balki ona qush ham sayraydi (ba’zi qushlarda esa ona qushlar sira say- ramaydi). Doimiy qishlovchi qushlar bilan birgalikda ahyon- ahyonda jarqanotlarni uchratish mumkin. Bu qushlar tog‘ qoyalaridan shaharga tushib kelishadi va xoliroq yerdagi g‘isht devorli binolarga joylashadilar.
Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o‘la boshlaydilar. Ular birovning ovqat berishiga muhtoj bo‘lib qoladilar. Shuning uchun bolalar bog‘chalari hovlilarida qushlarni oziqlantirish maqsadida har turli inlar yasab qo‘yish kerak. Bunday manzara bolalar bilan birgalikda qushlarning harakatlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Qush- larni cho‘chitib yubormaslik maqsadida inlar uchun tinch yerlarni tanlaydilar. Ularni daraxtlarga, uylarning devorlariga osib qo‘yadilar, deraza tokchalariga o‘rnatadilar. Donxo‘rak yoki inlarda doimo ozuqa bo‘lishi kerak. Qushlar bunday ozuqalarga ko‘nikadilar va har kuni ma’lum soatlarda uchib keladilar. Bolalar qushchalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladilar, deyarli har kuni ularga ozuqa berib turadilar. Kuzatish vaqtida har turli qushlarning o‘zlarini qanday tutayotganlarini, shuningdek, qaysi bir ozuqani manzur ko‘rishlarini payqab olish mumkin. Hatto hasharotni zaharlovchi chittaklar ham qish faslida urug‘liklar bilan oziqlanadilar. Yog‘ ularning asosiy ovqati bo‘lib hisoblanadi.
Qushlar gavjum bo‘lishib, oziq-ovqat qidirishni davom ettiradilar. Kunduz kunlari to‘da-to‘da qarg‘alar, ko‘k- qarg‘alar va go‘ngqarg‘alarning uchib yurishlarini ko‘rish mumkin, shuningdek ko‘pgina sa’avalar va g‘urraklar ham uchib yurishadi. Bog‘larda qorayaloqning qattiq qichqirishi ahyon-ahyonda eshitilib tursa-da, lekin uning sayrashi endi eshitilmaydi. Ko‘pincha qorayaloqlar ariqlarning bo‘ylarini kavlayotganliklarini, shuningdek, bog‘lardagi na’mataklarning donini topib cho‘qiyotganligini ko‘rish mumkin.
Ba’zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo‘ylarida jib- lajibonlarni uchratish mumkin. Ular bahorda uchib kelib, bu yerda qishlash uchun qolishadi.
Yanvar oyining boshlarida g‘urraklarning g‘urullashi eshitila boshlaydi. Yanvar oyining o‘rtalarida esa g‘urrak- larning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan mayda tayoq- chalar va quruq qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarini bolalar bilan birgalikda kuzatish mumkin.
Fevral oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo‘ladilar. Fevralning oxirida qushlar galasi qo‘shaloq-qo‘shaloq bo‘lib ajraladi. Keyinchalik ular uya qurish uchun shahardan chetdagi joylarga uchib ketadilar. Chittaklar bahor oldi qo‘shiqlarini «kuylaydilar».
Fevral oyida g‘urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxum bosadilar. Tuxumdan chiqqan yosh g‘urraklar o‘z uyasida o‘n kun qoladi. G‘urrak bir yilda besh marta tuxum qo‘yadi. G‘urraklar kaptarlar singari biologik tomondan juda qiziq bo‘ladilar. Ular sut emizuvchilar singari qushchalarni boqish uchun o‘zlaridan ozuqa moddasi ishlab chiqaradilar: bu ichki bezlardan ajralib chiqadi. Ona qush og‘zini ochadi, qushchalar esa ozuqani cho‘qib oladilar. Fevral oyining oxirlarida shaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi.
Kechki payt shaharga yana ko‘pgina zag‘chalar va ko‘kqarg‘alar uchib kelishadi. Tunash uchun baland da- raxtlarning shoxlariga qo‘nayotganlarida ularning shovqinlari va qichqiriqlari eshitiladi. Biroq ular asta-sekin sovuq o‘lkalarga uchib keta boshlaydilar.
Bulutli kunlarda qorong‘i tusha boshlashi bilan mayda ko‘rshapalaklarni ko‘rish mumkin. Bular barcha ko‘rsha- palaklar ichida eng kichigi hisoblanadi. Ularning qish faslida g‘orlarda qishlovchi ko‘pgina boshqa ko‘rshapalaklardan farqi shundaki, ular yil bo‘yi binolarning yoriqlarida yashaydi va haroratning ko‘tarilishi bilan birinchi bo‘lib uyg‘onadi. Qorong‘i tushishi bilanoq ovoz chiqarmasdan ucha boshlaydi hamda chivin, pashsha va boshqa jonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan tut kapalaklari fevral oyida kapalak qurtlari chiqaradi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling