Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet20/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Nazorat savollari

  1. Tabiat bilan tarishtirish metodlari necha guruhga bo ‘linadi va ular qanday guruhlar?

  2. Kuzatish uslubiningmohiyati nimada?

  3. Tabiat bilan tanishtirishda tabiiyjismlarning ahamiyati qanday?

  4. Kuzatish necha turli bo‘ladi? Ular haqida gapirib bering.

  5. Kuzatishda tarqatma materiallardan foydalanishning ahamiyati qanday?

  6. Amaliy uslub va uning turlari haqida gapirib bering.

  7. Tabiatda bolalar mehnatining ahamiyati qanday?

  8. Tabiat bilan tanishtirishning og‘zaki uslubi haqida gapirib bering.

MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI
Reja:


Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobi- liyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg‘ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi.
Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg‘ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.
Mashg‘ulotlarning bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kino- filmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.
Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg‘ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi — bilim- larni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o‘yinlar, umumlashtiruvchi ku- zatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o‘yinlarda amalda qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar kichik va o‘rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1martadan o‘tkazi- ladi. Ekskursiyalar o‘rta guruhdan boshlab tashkil etiladi.
Barcha guruhlarda qo‘shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling