Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Maktabgacha tayyorlov guruhi


Download 1.52 Mb.
bet17/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishiarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga ko‘proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi. Qisqa muddatli ku- zatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush, bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shu kabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murak- kabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik hara- katlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi.
Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy mos- lamalar, ba’zan esa asboblar — termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin.
Amaliy uslub va uning turlari
O‘yin. Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini ken- gaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yin- larda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o^simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalami umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘si- shiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlaridan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling