Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet27/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

1- rasm. Go‘ngqarg‘a.
Biz ularni bolalar bog‘chasi bog‘larida ham ko‘ramiz. Ular bizga tog‘lardan tushib uchib kelishadi (bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog‘larda yashaydilar).
Go‘ngqarg‘alar kunduz kunlari dalalarga uchib ketishadi va hosili yig‘ib olingan ekin maydonlaridan don va turli begona o‘tlarning urug‘larini terib yeydilar. Qarg‘a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto‘shlar (o‘rmon sayroqi qushi) paydo bo‘ladi. Ba’zan ular Toshkent bog‘larida aprel oyining oxirigachabo‘lishadi. Odatda ular to‘da-to‘da bo‘lishib O‘zbekistonning havzalarida ko‘chib yuradi. Sentabr oyida qorayaloqlar (2- rasm), chittaklar (3- rasm, a) va issiq mamlakatlarga uchib ketayotgan tilla rangli qushlarni ko‘rish mumkin. Tog‘ o‘rmonlaridan vodiylarga tushib kelgan zag‘chalarning (3- rasm, b) katta to‘dasini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Zarg‘aldoq, qaldirg‘och, bulbul (3-rasm d, e), chivinxo‘r qushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko‘kqarg‘a va boshqa shu kabi qushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar.


3- rasm. a) chittak; b) zag‘cha; d) qaldirg‘och; e) bulbul.



Qushlar uchib ketishga odatlanib qolganliklari, shu- ningdek, hasharotlarning (kapalak, ninachi, qo‘ng‘izlarning) sekin-asta yo‘qola borishi tufayli uchib ketishadi. Chunki bu hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.
Sentabr oyida laylaklar, g‘ozlar, o‘rdaklar va turnalar o‘z inlariga yig‘iladilar va uchib ketishga tayyorlanadilar.
Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlari to‘kilib, yangidan chiqadi. Shu bilan birga, ular qishki sovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarda ham qish sharoitiga monand keladigan tuklar o‘sa boshlaydi.
Sentabr oyida asalarilar ham qishga tayyorlana bosh- laydilar. Ular o‘zlarining asal zaxiralarini uyalarining bir tomoniga olib o‘tadilar, o‘z uyalarini isitadilar, keraksiz teshik va yoriqlarni bekitadilar, o‘z uyalaridan o‘rgimchaklarni haydab chiqaradilar, chunki o‘rgimchaklar qish vaqtida asalarilar uchun ortiqcha yuk bo‘lib, asal zaxiralarini yeb qo‘yishlari mumkin. O‘rgimchaklarning asalariniki kabi nishlari va jag‘lari bo‘lmaydi, shuning uchun ular o‘zlarini himoya qila olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlikdan o‘lib qoladilar. Asalarilar boshqa hasharotlar singari uzoq uxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar va g‘ozlar janub tomonga gala-gala bo‘lib uchib ketishadi. Qushlar to‘dasining tuzilishi — uchib ketuvchi qush- larning xarakterli belgilaridandir. Turnalar odatda o‘tkir burchak hosil qilib, g‘ozlar esa uzun qiyshiq qator, ba’zida esa burchak hosil qilib uchadilar. Yovvoyi qushlar va kak- kulargina (4- rasm) alohida-alohida uchib ketadilar. Qush- larning uchib ketishini bolalarni sayrga olib chiqqanda yo‘li bilan kuzatish mumkin. Oktabr oyining oxirlarida shaharlar va vodiylarda sa’valar paydo bo‘ladi va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq urug‘larini yeb kun kechiradilar. Sa’va- lar o‘zlarining chiroyli patlari va ajoyib ovozlari bilan bolalarni o‘zlariga jalb qiladilar. Bolalar sa’valarni tabiat bur- chaklarida parvarish qilishni o‘rgana- dilar: toza suv, so‘k, arpa, pista don- larini maydalab beradilar. Shuningdek, kuz faslida zarang va shumtol daraxt- larining urug‘laridan tayyorlangan ozu- qalarni beradilar. Sa’valar qirilgan sab- zini va bolalar qo‘li bilan tabiat burchagida o‘stirilgan ko‘k sulini zo‘r ishtaha bilan yeydilar. Kechalari dala- lardan shaharlarga go‘ngqarg‘a, zag‘cha (5-rasm) va qarg‘alar to‘da-to‘da bo‘lib uchib keladi.
Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham asta-sekin yo‘qola boradi. Ularning ba’zilari o‘ladi, boshqalari esa (sassiq qo‘ng‘iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) imoratlarning kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko‘pgina chivinlar xazon bo‘lgan barglar ostiga yashirinadilar. Ba’zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab qo‘yadilar (o‘simlik biti, kapalak), boshqalar esa lichinka holatida yerda qishlaydilar (tilla- qo‘ng‘izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani chiqqanlarida to‘kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar.
Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o‘rgimchak uyasi ko‘zga tashlanadi. Uning kumushsimon uzun to‘qimasida kichkina o‘rgimchak uyachalari, shuningdek, ko‘chmanchi qo‘ng‘izlar bo‘ladi. Noyabr oyida shaharda ko‘plab go‘ng- qarg‘alar, olaqarg‘alar, zag‘chalar uchib yuradi. Shaharga dala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to‘da- to‘da bo‘lib uchib yuradilar. Shuningdek, shaharga tog‘lardan oqbosh sa’valar, shahar chetlaridan esa so‘fito‘rg‘aylar uchib keladilar. Bog‘larda ko‘pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo‘ladi. Ular, asosan, tog‘lardan uchib keladi. Ko‘k chum- chuqlarning o‘tkir ovozlari ham eshitilib turadi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling