Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari
Dizaynning estetik xususiyatlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu maruza
Dizaynning estetik xususiyatlari. Italyanchada loyiha, rasm ma'nolarini anglatuvchi
disegno so‘zi o‘rta asrlarda inson tabiatida mavjud bo'lgan ijodkorlik xususiyatlarini ham ifodalagan. Ammo ingliz tilidagi design so‘zi birinchi marta 1919-yil ingliz rassomi Djozef Sinelo tomonidan sanoatda ishlab chiqarilgan narsalar namunasiga nisbatan qollanilgan. Bunda u aniqroq ifodalash uchun industrial so‘zini kiritib «industrial design» sanoatga, uning taraqqiy etgan mashina texnikasi va seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi badiiy predmetli ijod sohasini anglatuvchi so‘z birikmasini qo‘llaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu termin xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Dizayn avval narsa va buyumlar olamini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati bo‘lsa bugunga kelib inson faoliyatining barcha yo‘nalish va ko‘rinishlarini qamrab olib, nufuzli, keng tarqalgan ijodiy faoliyatga aylandi. Narsa va predmetlar, atrof-muhitni loyihalar ekan dizayner ayni paytda inson va uning hayot tarzini ham loyihalaydi. Dizaynning eng asosiy estetik xususiyatlaridan biri, mahsulot sifatini oshirishning ta'sirchan vositasi ekanligidadir. U ilmiy tafakkurning so'nggi muvaffaqiyatlarini o‘zida gavdalantiradigan, eng yuksak texnikaning iqtisodiy, estetik va boshqa iste’molchilik talablariga javob beradigan, jahon bozorida raqobatbardosh boiishi kerak, bunda esa hal qiluvchi omil dizayndir. Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan
tortib, mehnat vositalarigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, daftar- kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiroki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha chizish, loyihalash ma’nosini anglatadi. U inson moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol buyumlari olamini uyg‘unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir. Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayotganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini kuzatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Bugungi dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qilmoqda.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling