Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari
Xalq amaliy san’ati va dizayn
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu maruza
Xalq amaliy san’ati va dizayn. Ma'lumki, mavjud barcha san’at asarlari o‘z
o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbiyalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Xalq amaliy san’ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, ba diiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan hisoblanadi. Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar-joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joylarning turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari, O’zbekiston me’morchiligida ham muhim o‘rin tutadi. Intererlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishiga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar- joy me’morchiligida O’rta Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi hamda o‘yrnakorligi shular jumlasidandir. Intererning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Masalan, majnuntol — sevgi sog‘inchi, anor — serhosillik, lola — bahor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq umrni anglatgan. Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport maydonlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi.
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini muhandis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda. Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish» taqozo etiladi 2 . Bugun O’zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy me’morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday keng ko‘lamli ishlar natijasida Samarqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur bo‘lgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha Toshkent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dunyo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu misollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun O’zbekistonning go‘zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda funksionallik va badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigmalari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat va an'analar, tarixiy tajribaga asoslangan holda soglom turmush tarzi va qulay sharoit yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va farovonlik bilan belgilanadi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling