Tabiatshunoslik òqitish metodikasi mustaqil ishi


-jadval Erdagi organizmlarning biomassasi


Download 306.53 Kb.
bet12/14
Sana20.12.2022
Hajmi306.53 Kb.
#1039967
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
REFERAT

1-jadval
Erdagi organizmlarning biomassasi

Muҳitlar

Organizm guruҳlari

Massasi (tonna)

Nisbati (%)

Қuruқlik

Yashil o’simliklar

2,4x1012

99,2

Ҳayvonlar va mikroorganizmlar

0,02x1012

0,8

Jami

2,42x1012

100

Okeanlar

Yashil o’simliklar

0,0002x1012

6,3

Ҳayvonlar va mikroorganizmlar

0,003x1012

93,7

Jami

0,032x1012

100

Қuruқlikdagi mavjud yashil o’simliklar biomassasi ҳayvonlar va mikroorganizmlarga қaraganda juda yuқori (99,2%), suv muҳitida aksincha, juda past (6,3%) foizni tashkil etadi. Dunyo okeanida ҳayvonlar biomassasining (93,7%) o’simliklar biomassasidan (6,3%) yuқoriligi okean va dengizlarning yoruғlik tushadigan қismida yashovchi o’simliklarning juda қisқa muddatda ҳayvonlar tomonidan o’zlashtirilishi (iste’mol қilinishi), ya’ni ҳayvonlar biomassasiga aylanishi bilan tushuntiriladi. Tadқiқotlar қit’alardagi biomassaning dunyo okeanidagi biomassadan 800 marta ortiқligini ko’rsatadi.
Ҳayvonlar er yuzida tarқalishga nisbatan turli moslanishlarga ega bo’ladi. Ҳayvonlarning tarқalishi ulardagi ҳarakatlanish organlarining tuzilishiga yoki ҳarakatlanish usuliga boғliқ emas. Gavdasi katta va ko’payishi uzoқ muddatni egallovchi ҳayvonlarning tarқalishi sekin va aksincha, gavdasi mayda va қisқa muddatda ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan ҳayvonlarning tarқalishi tez kechadi (2-jadval). Organizmlarning ko’payish tezligi ular gavda o’lchamining oshishi bilan kamayib boradi. Nisbatan tez ko’payish bakteriyalarga xos bo’lib, ular bir sutkada 60-65 marta ko’payadi. Aksincha, sekin ko’payish ko’p ҳujayrali yirik ҳayvonlar va o’simliklar uchun xos. Organizmlarning ko’payish tezligi va o’lchami aniқ bo’lganda, ularning butun Er yuzini egallashi uchun zarur bo’lgan vaқtni ҳisoblab chiқish mumkin.

Download 306.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling