Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana30.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1416602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish

Teri kasalliklari. Qo’tir - teri kasalligi bo’lib, uni qo’tir kanallari paydo qiladi. Kana teriga kirib, o’ziga 
yo’l ochadi va badanni xaddan tashqari qattiq qichishtiradi, qichishish issiq paytda va kechasi 
kuchayadi. Teri qishinish jarayonida tirnalib, o’sha joylarida ba’zan ekzema, yiringli toshmalar, 
chipqonlar paydo bo’ladi. Odamga ko’tir kasalligi hayvonlardan, kishilarga yaqin bo’lganda yoki o’sha 
kishilarning buyumlaridan yuqadi. 
Kal va temiratki zamburug’lar qo’zg’atadigan kasallik bo’lib, teri va sochlarni, gohida tirnoqlarni 
shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo’lib, uzoq vaqtgacha davolanishni talab etadi. Kal va 
temiratka kasalligini qo’zg’atuvchilari kasal uy hayvonlari, mushuk, it, quyon va boshqa hayvonlarning 
junida bo’ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotqiziladi. 
Teri va soch kasalliklarini oldini olish badan terisi, ichki va tashqi kiyimni ozoda saqlashga doir 
gigiyena chora-tadbirlariga amal qilinishi talab qilinadi. 
Epidermofitiya kasalligi. Epidermisning shox qavatida parazitlik qilib yashaydigan va junga ta’sir 
qilmaydigan har xil turdagi zamburug’lar keltirib chiqaradi. Bu kasallikda oyoq gumbazlari, barmoqaro 
burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik qichish bilan davom 
etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib turadi. Shuning natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining 
chuqurroq kirishi va ko’payishiga qulay sharoit tug’iladi. 


Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to’lib, bir-biriga qo’shilib ketishiga moyil 
bo’ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta eroziya 
qoldiradi. 
Kasallik surunkasiga davom etadi va davo hamisha ham samara beravermaydi. Tavsiya 
qilinganidek avvaliga qichishish va og’riq bartaraf qilinadi, so’ngra esa parazit 
yo’qotiladi.Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling