Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Kiyim va poyafzalga bo’lgan gigiyena talablari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana30.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1416602
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish

Kiyim va poyafzalga bo’lgan gigiyena talablari. Odamning kiyimi va poyabzali yil fasllariga mos 
bo’lib, havoni yaxshi o’tkazish xossasiga ega bo’lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim, 
rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo o’tkazmaydi. Shuning uchun, ter bezlaridan ajralgan 
suyuqlik yaxshi bug’lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq ho’l bo’lib, bola shamollab 
qolishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra, ayniqsa O’zbekistonning issiq iqlim sharoitida sintetik 
materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya 
etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat mashg’ulot 
vaqtida kiyish mumkin. 
Issiq sharoitda yoz oylarida ip gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida yesa jun va boshqa tabiiy 
gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Poshnasiz poyafzal (kalish, shippak, slans, keda, krassovka kabilar)ni butun kun davomida uzoq 
muddat kiyish yaramaydi, chunki yassioyoqlik yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ularni qisqa vaqt 
kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassioyoqlik yuzaga 
kelishiga sabab bo’ladi. O’quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyafzal kiyishi natijasida 
ularning umurtqa pog’onasi va chanoq suyaklari egrilanib qolishi va yassioyoqlik yuzaga kelishi 
mumkin. Qizlar poyafzalining poshnasi enliroq, balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor 
poyafzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun, odam tez charchaydi, qish vaqtida 
bunday poyafzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo’ladi. 


ADABIYOTLAR RO`YXATI 
 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Соғлом авлод
хақидаги фармони. Маърифат газетаси №9 1.03.2000 й. 
2. Almatov X.T. Ulgayish fiziologiyasi. M.Ulug’bek nomidagi O’zMU bosmaxonasi. 
T.2004.2 
3. Maxmudov Е. Возрастная физиология и основы гигиены. Изд. Лит. Фонда cоюза 
писателей Республика Узбекистан. Т. 2006. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling