Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XLOROPLASTLAR.
Barg fotosintetik organ.
Yashil o‘simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bo‘lib, unda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham barg asosiy fotosintetik organ deb ataladi. Uning xujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslanib tuzilgan. Barg plastinkasining ustki va ostki tomoni po‘st bilan qoplangan. Qoplovchi to‘qima epidermis bir qator zich joylashgan xujayralardan iborat. Bu xujayralar yupqa po‘stli, rangsiz va tiniq bo‘lib, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi. Po‘st xujayralari orasida joylashgan maxsus juft xujayralar og‘izchalar vazifasini bajaradi. Ularniig turgor holati o‘zgarib turishi mumkin (shunga qarab ular o‘rtasidagi teshikcha ochiladi yoki yopiladi). Og‘izchalar ko‘pchilik o‘simliklarda bargning pastki tomonida, ayrimlarida esa ustki tomonida ham bo‘lishi mumkin. Fotosintez jarayonida ana shu og‘izchalar orqali karbonat angidrid yutilib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Ustki va pastki po‘stlar orasida barg etini (mezofill) hosil qiluvchi xujayralar joylashgan. Aksariyat er ustida suvchi o‘simlik barglarida u ikki qavatdan iborat. Ustki po‘st ostida joylashgan qavat tayoqchalarga o‘xshash, cho‘zinchoq bir-biriga zich joylashgan xujayralardan tashkil topgan. Bu xujayralarda xloroplastlar soni ko‘p. Ular organik moddalarni sintez qiluvchi asosiy qavat hisoblanadi. Uning ostidagi xujayralar ko‘pincha dumaloq shaklda bo‘lib, bir-biri bilan bo‘shliqlar hosil qilib joylashadi. Bo‘shliqlar og‘izchalar bilan tutashgan. Bu esa gazlarning almashinuvi uchun qulay sharoit yaratadi. Undan tashqari bu hujayralarda ham xloroplastlar bor, ya’ni ular fotosintez jarayonida qatnashadilar.Barglarda fotosintez tuxtovsiz davom etishi uchun ular suv bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. Bunda og‘izchalar ochiqligi katta ahamiyatga ega. XLOROPLASTLAR. Fotosintez jarayoni asosan barglarda va qisman yosh novdalarda sodir bo‘lishining sababi ularda xloroplastlarning borligidir. O‘simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai — organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning har bir xujayrasida o‘rtacha 20-50 tagacha va ayrimlarida undan ko‘proq ham xloroplastlar bor. Xlorofill pigmenti xloroplastlarda joylashganligi uchun ular yashil rangda bo‘ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining hamma reaksiyalari ro‘y beradi: yorug‘lik energiyasini yutilishi, suvning fotolizi (parchalanishi) va kislorodning ajralib chiqishi, yorug‘likda fosforlanish, karbonat angidridning yutilishi va organik moddalarning hosil bo‘lishi. SHunga asosan ularning kimyoviy tarkibi va tuzilmaviy shakli ham murakkab xususiyatga ega. Xloroplastlar tarkibida suv ko‘p, o‘rtacha 75 foizni tashkil etadi, qolganlari quruq moddadan iborat. Umumiy quruq moddalar xisobida oqsillar 35-55 foiz, lipidlar 20-30 foiz, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalari tashkil etadi. Xloroplastlarda juda ko‘p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma pigmentlar joylashgan. Xloroplastlar qo‘shqavatli membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, ular yuqori funksional faollikka egadirlar. Ichki tuzilishi juda murakkab. Stroma (asosiy gavda) va granalardan iborat. Ular o‘z navbatida lamellyar va plastinkasimon tuzilishi bilan tavsiflanadi. Granalarda tilakoidlar joylashadi. Yosh xloroplast granalarida 3-6 ta tilakoid bo‘lsa, voyaga etganlarida bu son 45 tagacha yetishi mumkin. Lamellalarning yuzasi mayda bo‘rtmachalar — globulalar bilan qoplangan. Ular kvantosomalar deyiladi. Turli xil o‘simliklarning xloroplastlari soni, shakli, xajmibilan bir-biridan farq qiladi. Yashil o‘simliklarning barglarida xloroplastlar uch xil yo‘l bilan hosil bo‘lishi mumkin: 1) oddiy bo‘linish yo‘li bilan; 2) ayrim xujayralar me’yoriy xolatlarining buzilishi oqibatida kurtaklanish yo‘li bilan; 3) xujayra yadrosi orqali ko‘payish bilan. Bu yo‘l asosiy deb qabul qilingan. Dastlab xujayra yadrosining membranasida juda kichik burtmacha yuzaga keladi. U asta-sekin yiriklashib, membranasidan ajraladi, xujayra sitoplazmasiga o‘tadi va shu erda to‘la shakllanadi. Xloroplastlarning to‘la shakllanishi uchun yorug‘likning bo‘lishi shart. Korong‘ulikda xloroplastlarning stromasi va uning hajmi hosil bo‘ladi. Lekin ichki tuzilishi — lamellalar, plastinkalar, granalar, tilakoidlar va xlorofill pigmentlari faqat yorug‘likda hosil bo‘ladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling