Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
A.N.BAXNING PEROKSID NAZARIYASI
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.I.PALLADINNING VODORODNI FAOLLASHTIRISH NAZARIYASI
A.N.BAXNING PEROKSID NAZARIYASI. 1897 yilda A.N.Bax biologik oksidlanishning peroksid nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, atmosferadagi molekulyar kislorod inert holatda bo‘lib, organik moddalarni oksidlay olmaydi Buning uchun uning tarkibidagi qo‘sh bog‘ning bittasi uzilishi va faol holatga o‘tishi zarur: Kislorod oson oksidlanuvchi modda (A) bilan birikib, qo‘sh bog‘dan bittasi uziladi va peroksid (AO2) hosil qiladi: A.N.Baxning fikricha, akseptor (A) bilan birlashib faol holatga o‘tgan kislorod boshqa moddani (V) ham oksidlantirishi mumkin:Natijada akseptor vazifasini bajaruvchi oksidlanuvchi modda (A) yana osonlik bilan ajralib qoladi. Organik modda (V) esa to‘la oksidlanadi. A.N.Bax kislorodni faollovchi moddalarni oksigenazalar deb atadi. Oksigenazalarga o‘simliklar to‘qimasida ko‘p tarqalgan xar xil kimyoviy birikmalar kiradi. Oksigenazalardagi faollashgan kislorod oksidlanayotgan birikmalar kiradi. Ma’lum vaqt fanda bu jarayonda peroksidaza fermenti muxim ahamiyatga ega, degan fikr xukm suradi. Lekin 1955 yilda YAponiyada (O.Xayaishi va boshkalar) va AKSHda (G.S.Mezon va boshqalar) molekulyar kislorodning organik moddalar bilan birikishi mumkinligini isbotlashdi.
Hozirgi vaqtga kelib ma’lum bo‘lishicha, A.N.Bax nazariyasiniig nafas olishga aloqasi yo‘q. Ammo u nafas olish jarayonining ximizmini o‘rganishga yo‘l ochib berdi. Chunki bu nazariyada kislorodni faollashtirishning zamonaviy mexanizmini ishlab chiqish uchun asos solingan edi. V.I.PALLADINNING VODORODNI FAOLLASHTIRISH NAZARIYASI. Biologik oksidlanish jarayonining mexanizmini o‘rganishda V.I.Palladinning (1912) ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning nazariyasiga ko‘ra, o‘simlik xromogenlar substratdagi vodorodni o‘ziga biriktirib oladi va keyinchalik ularni kislorodga o‘tkazadi. Bu nazariya bo‘yicha nafas olish ikki bosqichdan iborat:1) anaerob; 2) aerob: 1 ) C6N12O6 + 6H2O + 12R 6CO2 + 12RH2. 2 ) 12RH12+ 6O2 12R + 12H2O. Birinchi reaksiya nafas olish jarayonining anaerob, ikkinchi reaksiya aerob bosqichini ifodalaydi. R — rangli nafas pigmenti, RH2 rangsiz nafas olish xromogeni. Birinchi reaksiyada reduktaza fermenti yordamida substratdan vodorod atomlari qabul qilinib, nafas olish pigmentiga (R) o‘tkaziladi va nafas olish xromogeni (RH2) hosil bo‘ladi. Hamma CO2 ham shu anaerob jarayonda ajralib chiqadi. Ikkinchi reaksiyada molekulyar kislorod ishtirok etib, xromogenlarni (RH2) nafas olish pigmentlarigacha oksidlaydi va ular yana vodorodning akseptori vazifasini bajaradi. Bu reaksiyalarda kislorod RH2 dan elektronlar va protonlarni tortib oladi va natijada suv hosil bo‘ladi. Keyingi izlanishlarda V.I.Palladin nazariyasi, ya’ni nafas olishda anaerob va aerob bosqichlarning mavjudligi hamda bunda suv ishtirok etishi to‘la tasdiqlandi. 1912 yilda nemis biokimyogari G.Viland ham biologik oksidlanish vodorodning ajratib olinishi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatgan edi. Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi akseptori ekanligini 1955 yilda B.B.Vartapetyan va L.A.Kursanov tajriba asosida isbotladilar. Buning uchun ular izotoplar (O18) usulidan foydalandilar. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling