Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet32/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

B. Yangi mavzu bayoni. Hisobotda qayd qilinishicha, ichki iqlim migratsiyasi kelgusi o‘n yilliklar mobaynida o‘sishi kutilmoqda. Asrning ikkinchi yarmida esa bu jarayon yanada tezlashadi. Agar mamlakatlar global issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirmasa va iqlim o‘zgarishining hozirgi va kelajakdagi ta'siriga yetarlicha qarshilik ko‘rsatmasa, 2030 yil boshida mamlakatlarda iqlim migratsiyasining «qaynoq nuqtalari» paydo bo‘ladi.
«Iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, suv bosimining oshishi, ekin maydonlari hosildorligining pasayishi va bo‘ron tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi kabi ta'sirlar natijasida odamlarda qiyinchilik yuzaga kela boshlaydi va ular ko‘chishga majbur bo‘lishlari mumkin. Ba'zi mamlakatlarda 2030 yil boshlarida iqlim migratsiyasining qaynoq nuqtalari paydo bo‘ladi, ular keyinchalik kuchayib va kengayib boraveradi», – deydi hisobotlarning ikki muallifi: Kanta Rigaud va Vivian Klement.
Issiqxonalardan chiqadigan gaz chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha qilinadigan shoshilinch sa'y-harakatlar ichki iqlim migratsiyasini 80 foizga kamaytirishi mumkin.
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash Darsni 5-6 kishidan iborat guruhlarda bo‘lib o‘tkazish hamda har bir guruhga jadvaldagi misollarning birini tanlatib, uni tahlil ettirish. Keyin guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini o‘tkazish. Faoliyatni 20 daqiqaga mo‘ljallash.


G. Xulosa. Hozirgi iqlim o‘zgarishi sabablari juda yaxshi ma’lum, ammo uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, masalan, kelajakda majburiy migratsiya ko‘lami haqida hozircha gapirib bo‘lmaydi. Ko‘pgina mustaqil hisob-kitoblar mavjud, ammo iqlim isishi sababli yashash joyidan ko‘chib ketishga majbur bo‘ladigan odamlarning sonini hisoblash uchun hali ham umumiy qabul qilingan yagona usul yo‘q. Masalan, Ichki migratsiyani o‘rganish xalqaro markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda 17,2 million kishi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ofatlar sababli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Jahon bankining taxminlariga ko‘ra, agar hukumatlar vaziyatni o‘zgartirish uchun jiddiy choralar ko‘rmasa, 2050-yilga borib dunyoning uchta mintaqasidagi ichki iqlim muhojirlari soni 143 millionga yetadi. O‘zgarishlar iqtisodiyotga ta’sir qiladi: McKinsey Global instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, sayyoraning o‘rtacha yillik harorati ko‘tarilishi xodimlarning ishchanligiga, infratuzilma, oziq-ovqat va tabiiy resurslarga ta’sir qiladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling