D. Uy vazifasi. Inson salomatligiga tahdid soluvchi iqlim sharoitlari haqida konspekt tayyorlashni taklif qilish.
AMALIY MASHG’ULOT
17-Mavzu: Markaziy Osiyo uchun ob-havo ma’lumoti
Dars maqsadi. Talabalarga markaziy Osiyo mintaqasi ob havosiga ta’sir etuvchi omillar va ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar to’g’risida ma’lumotlar berish
Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda Markaziy Osiyi mintaqasida sodir bo‘layotgan hamma salbiy tabiiy hodisalar sayyoramizda mintaqamizda barcha kishilar faoliyatiga ta’sir qilishi haqidagi tushunchani hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Markaziy Osiyo iqlim kartasi va plakatlar. Internetdagi “Google” kompaniyasi dasturidagi kosmik kartalar. A4 formatdagi qog’oz.
Kalit so‘zlar. Ekstremal ob – havo hodisalari, tabiiy ofatlar, BMT taraqqiyot dasturi, iqlimning mahalliy va mintaqaviy iqtisodiyotga ta’siri
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Markaziy Osiyoda havo harorati oʼrtacha global koʼrsatkichdan koʼra tezroq surʼatda koʼtarilmoqda. Oxirgi 30 yilda oʼrtacha yillik harorat 0,5 darajaga koʼtarilgan boʼlsa, 2085 yilga kelib 2,0 - 5,7 darajagacha koʼtarilishi kutilmoqda. Ekstremal ob-havo hodisalari va tabiiy ofatlarning takrorlanish darajasi va tezligi jismoniy xavfsizlik, eng muhim infratuzilma obʼektlari hamda sogʼliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga tahdid solmoqda.
B. Yangi mavzu bayoni. Bugungi kunda har oʼnta tabiiy ofatdan toʼqqiztasi iqlim oʼzgarishi bilan bogʼliq. Bundan tashqari, iqlim oʼzgarishi mahalliy va mintaqaviy iqtisodiyotlarga ham taʼsir oʼtkazishi mumkin, negaki resurslarning haddan tashqari ishlatilishi va yetishmasligi qishloq xoʼjaligi, energetika kabi asosiy tarmoqlar hamda suvga bogʼliq boʼlgan boshqa faoliyat turlariga salbiy taʼsir qilishi kutilmoqda. Shu tariqa ishtirokchilar iqtisodiyotning zaif tarmoqlari orasida iqlim oʼzgarishi va barqarorlik masalalari boʼyicha mintaqaviy muloqot va xabardorlikni oshirish lozimligiga urgʼu berdi. Ular tomonidan Markaziy Osiyoning chegaradosh hududlarida iqlim bilan bogʼliq erta ogohlantirish va oldini olish choralarini hamjamityalar darajasida kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |