Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet23/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

Kerakli jihozlar. Ekotizimda modda va energiyaning aylanmasi tasvirlangan sxema. Ekologiya va iqlim bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning bo‘linmalari, O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zMU, “Ekomaktab” kabi muassasa va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan, “Shinor ENK”da nashr qilingan plakatlar. Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi tomonidan yaratilgan iqlim o‘garishi muammolariga doir videofilmlar guruhlarda ishlash uchun bir nechta A4 formatdagi shakldagi nusxalar.
Kalit so‘zlar. Iqlim sharoitlari, inson salomatligi, issiqxona effekti, anomal issiq, sayyoraning isish xavfi, suv toshqinlari.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
B. Yangi mavzu bayoni. Iqlim o‘zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G‘arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o‘z tanalarida his qilishmoqda.
Hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma'lum qilishmoqda. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.
Issiq to‘lqinlar, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshladi, muzliklar erishi yanada kuchaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlashganini kuzatishimiz mumkin.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling