AMALIY MASHG‘ULOT
13.MAVZU: BIZNING KELAJAKDAGI IQLIM O‘ZGARISHLARI
Dars maqsadi. O‘quvchilarni iqlim o‘zgarishining mintaqaviy bashorati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda Yer yuzining biror bir mintaqasida sodir bo‘layotgan hamma salbiy tabiiy hodisalar sayyoramizda yashovchi barcha kishilar faoliyatiga ta’sir qilishi haqidagi tushunchani hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Yer yuzasini tasvirlovchi kosmik suratlar va plakatlar. Internetdagi “Google” kompaniyasi dasturidagi kosmik kartalar. Dunyo tabiiy kartasi.
Kalit so‘zlar. Iqlim o‘zgarishining Afrika, Antarktida, Arktika, Osiyo, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa, Lotin Amerikasi, Shimoliy Amerikadagi mintaqalar va kichik orollardagi davlatlarga ta’siri.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Darsni avvalgi darsda berilgan uy vazifasining tahlili bilan boshlash. O‘quvchilardan tanlab, ularning javoblarini dunyo tabiiy kartasiga dumaloq shakl ko‘rinishidagi rangli qog‘ozdan yasalgan shartli belgilar bilan belgilash.
B. Yangi mavzu bayoni. Mintaqaviy iqlim o‘zgarish bashoratini batafsil yoritib berishga o‘tish. Mavzuni tushuntirish davomida dunyo tabiiy kartasiga belgi qo‘yib ketish. Barcha mintaqalarni ko‘rib chiqqach, o‘xshash muammoga ega bo‘lgan (suv toshqinlari, chuchuk suv yetishmasligi, cho‘llanish va tuproq degradasiyasi, biologik xilma-xillik kamayishi...) mintaqalarni guruhlarga ajratish.
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Talabalar barcha davlatlar uchun umumiy xulosalar va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni tavsiya etish.
G. Xulosa. Global iqlim isishi bundan keyin ham ekstremal ob-havo sharoitlari sonini oshirib, ekologik-iqtisodiy-ijtiomiy muammosi bor davlatlarning ahvolini yanada og‘irlashtiradi. Chuchuk suv tanqisligi barqaror rivojlanish imkoniyatlarini kamaytiruvchi asosiy omil bo‘lib, u ayniqsa, agrar davlatlarning ishlab chiqarishida va aholining foydali mehnat bilan bandligida aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |