Mavzuni mustahkamlash. Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlar iqlim o‘zgarishi oqibatlari oldida zaif ekanligini ko‘rsatish. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlarga tayanib, iqlim o‘zgarishining ta’siriga uchrayotgan ekotizimlardan misollar keltirishlarini Talabalar tavsiya qilish. Darsni 5-6 kishidan iborat guruhlarda bo‘lib o‘tkazish hamda har bir guruhga jadvaldagi misollarning birini tanlatib, uni tahlil ettirish. Keyin guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini o‘tkazish. Faoliyatni 20 daqiqaga mo‘ljallash.
G. Xulosa. Ilgari ekotizimlar muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga evolyusion tarzda moslasha olgan, lekin bugungi kundagi o‘zgarishlar tarixiy davrlarda aks etmagan darajada sodir bo‘lmoqda. Iqlim o‘zgarishlari qanchalik jadallashib ketsa, shunchalik insoniyat va ekotizimlarga kuchli ta’sir qiladi. Issiqxona gazlarini kamaytirish, ekotizimlarga atrof-muhit o‘zgarishiga moslashish imkoniyatini berish kerak. Biologik xilma-xillik va iqlim o‘zgarishining o‘zaro bog‘liqligi ikki tomonlama xarakterlanadi: iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka xavf soladi, biologik xilma-xillik esa iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytiradi. Iqlim o‘zgarishi yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lsa-da, uning oqibatlari ko‘lami, xavflilik darajasi va moslashish imkoniyatlari haqida yetarlicha bilimlar to‘plangan. Bu esa mavjud atrof-muhit holatini yaxshilash uchun kechikmasdan ishga kirishishni taqozo etadi.
Nazorat uchun savollar
1. Biologik xilma-xillik deganda nimalarni tushunasiz?
2. Iqlim o‘zgarishi natijasida Erdagi biologik xilma-xillikka qanday xavf soya solmoqda?
3. O‘zgarayotgan iqlim sharoiti o‘simliklar va hayvonlar hayotiga ta’sir qilishiga qanday dalillaringiz bor?
AMALIY MASHG‘ULOT
15-MAVZU: IQLIM O‘ZGARISHI VA INSON.
Dars maqsadi. Talabalarga iqlim va inson o’rtasidagi munosabatlarni buzilishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, bundan tashqari tabiatga ko’rsatilayotgan ta’sirni kamaytirishga qaratigan chora tadbirlar tog’risida tushuncha berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |