Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet1/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O LIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA KAFEDRASI DOSENTI
USMANOVA TURSUNOY ERKINOVNANING

IQLIM O’ZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV
fanidan

AMALIY MASHG‘ULOT

Farg‘ona-2022 yil
Tuzuvchilar:

Sh.Xalmatova Farg‘ona davlat universiteit, ekologiya kafedrasi


dotsenti
T.E.Usmanova Farg‘ona davlat universiteit, ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi


Taqrizchi:

Xamidov G‘. Farg‘ona davlat universitet, botanika kafedrasi


professori, biologiya fanlari doktori

Nazarov M. Farg‘ona davlat universiteti, ekologiya kafedrasi


dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi



O`quv-uslubiy majmua Farg`ona davlat universitetning 2022 yil “___” _____________ “____”- son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va ishlatishga tavsiya etilgan.




MUNDARIJA
SO‘Z BOSHI

Insoniyat yuksak maqsadlar sari intilayotgan, taraqqiyot yo‘lidan jadal ildamlayotgan hozirgi kunda jahon hamjamiyatin oldida global ekologik muammolarni hal etishdek jiddiy vazifa turibdi. Mana shunday murakkab pallada yurtimizda ekologik havfsizlikni ta’minlash uchun izchil institutsional va tashkiliy choralar ko‘rishga e’tibor qaratilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda, iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy rivojlanishi rejalariga kiritish dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.


Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish, aholi soni va tabiiy resurslariga bo‘lgan talabining o‘sishi sharoitlarida faqat “yashil iqtisodiyot” prinsplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, tuproqning uzoq muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizmlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir. Sh.Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”) O‘zbekiston T-2022. 322 bet1
XXI asr bo’sag’asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammolarni hal qilish bo’lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik va taraqqiyot kafolatlari’ nomli asarida shunday deyilgan: “Ekologik muammo – Yer yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir”2.
Markaziy Osiyoda ekologik xavfning g’oyat xatarli zonalaridan biri vujudga kelganligini aytib o’tish joizdir. Bu xavfning mohiyati shundan iboratki, bu holat avvalo deyarli yarim asrga teng vaqt ichida mazkur muammo borligini inkor etish va tan olmaslik natijasida kelib chiqdi. Ekologik jihatdan tahdidli holatga qarshi zudlik bilan chora tadbirlar ko’rilishi lozimligi Prezident I.A. Karimov asarida atroflicha yoritib berilgan.
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri ishlab chiqarish korxonalaridir. Respublikamizda joylashgan o’nlab kimyo zavodlarining hammasida ham atrof muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar muammosi hal etilgan emas.
Ekologik muammolarning birinchisi – biosfera tabiiy jarayonlar uchun xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo’ladigan o’zgarishlar natijasida global miqyosida zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansada, lekin ularning oqibatlari ancha vaqt bilinib turishi mumkin. Ekologik holatlarning ikkinchi shakli – tabiiy hodisalar blib, u inson faoliyati ta’sirida yuz beradi.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bog’liq quyidagi ekologik o’zgarishlar sodir bo’lmoqda:
“Yer yuzidagi o’rmonlar hajmi har yili 11 mln gektarga qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi o’rmonlarda esa, yangilanib turadigan o’simlik resurslarning asosiy zaxiralari to’plangan. Bundan tashqari, Sayyoramizning boyligini tashkil etgan bu o’rmonlar biosfera an’anaviy “Planeta o’pkasi” funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. O‘rmon zahiralari faqatgina xom ashyo manbai emas, balki ular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki, o’rmonlardagi suv bug’lanishi hisobiga yog’ingarchilikning ½ qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu esa, tuproq yuzasiga mo’tadil ta’sir ko’rsatadi, ozuqa bo’ladigan mineral moddalarning tiklanib turishi ta’minlana

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling