TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq. Jadvalni to’ldiring
AMALIY MASHG‘ULOT
4-MAVZU: IQLIM SHAKILLANISHINING ASOSIY OMILLARI
Dars maqsadi. Talabalarga iqlim shakillanishining asosiy omillari haqida tushuncha berish va yer sharida iqlimni qaysi omillar ta’sirida vujudga kelishini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarga yer yuzidagi iqlim sharoitlarining inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirish.
Kerakli jihozlar. Yerning iqlim tizimi tasvirlangan plakat. Telluriy – Quyosh va Yerning orbita bo‘yicha aylanishidagi o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi asbob. Sxema va rasmlarni ko‘rsatish uchun proyektor.
Kalit so‘zlar. Iqlim shakillanishi, anomal oqimlar, Orbital harakat, quyosh energiyasi, o’simlik qoplami.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Biosfera ekologik tizimlarining holati Quyosh energiyasi, issiqlik va namlik resurslari bilan belgilanadi. Bu resurslar Quyosh energiyasining boshqa turga o'tishi natijasida va namlik aylanishi xususiyatlarining iqlimiy tizim tarkibiy
qismlari orasidagi murakkab o'zaro ta ’sir jarayoni natijasida shakllanadi.
Boshqa tarafdan qaraganda, biosferaning o ‘zi iqlimiy tizim holatiga m uhim
ta’sir ko'rsatadi. O‘simlik qoplami m a’lum darajada sayyora albedosini belgilaydi. U namlik aylanishi jarayonida ishtirok etadi, kislorodning asosiy manbai hisoblanadi, okean fitoplanktoni bilan bir qatorda atmosferadagi uglerod ikki oksidi miqdorini belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |