Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet4/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

Insonlar

O‘simliklar

Hayvonlar

Mikroorganizmlar







































































































Amaliy mashg‘ulot


3- Mavzu. IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI


Dars maqsadi. “Iqlim” va “ob-havo” atamalarining asosiy mazmunini ochish orqali ulardagi har bir komponentning o‘rni va o‘zaro tafovutlarini tushuntirib berish.
Tarbiyaviy maqsad. Atrof tabiiy muhit murakkab tizimining turli xil komponentalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni anglab olish saviyasini oshirish.
Kerakli jihozlar. Yerning Quyosh tomonidan yoritilishini ko‘rsatuvchi temuriy moslamasi, Dunyo iqlim kartasi, 1:1000000 masshtabdan kichik bo‘lmagan O‘zbekistonning iqlim kartasi, O‘zbekiston Respublikasi atlasi, 6–7-sinf atlaslaridagi: “Okean va materiklar tabiiy kartasi”, “O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy kartasi”, Internet tizimiga ulangan kompyuter.
Kalit so‘zlar. Ob-havo, iqlim, metereologik element, meteorologiya, iqlimshunoslik, mikroiqlim, mahalliy va Yerning global iqlimi.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Talabalar bugungi kunda Yer sayyorasidagi iqlim o‘zgaruvchanligi va ob-havoning xilma-xilligi haqida so‘zlab berish. Bu o‘rinda ularning geografiya, biologiya, astronomiya, fizika va boshqa o‘quv kurslaridan olgan nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Talabalar esa iqlim va ob-havoni o‘rganish ularning kundalik vazifalari ekanligini uqtirish zarur.
B. Yangi mavzu bayoni. Iqlim va iqlimshunoslik, ob-havo va meteorologiya haqida tushuncha. Bu tushunchalarning umumiy va xususiy tomonlari. Iqlim zonalari va poyaslari (balandik mintaqalari). Ob-havoning asosiy ko‘rsatkichlari. Iqlim elementlari. Iqlim turlari.
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Talabalar quyidagi jadvalni to‘ldirishni taklif etib, misollarni o‘ng ustunga yozish kerakligini ta’kidlang.

Hudud qamroviga ko‘ra iqlimning tasniflanishi

Misollar

Mikroiqlim

Katta chinor daraxti soyasidagi iqlim

Mahalliy iqlim

Katta shahar yoki Ohangaron vodiysi iqlimi

Mintaqaviy iqlim

O‘rta Osiyo yoki Turon pasttekisligi iqlimi

Global iqlim

Muzlik davri Yer iqlimi

G. Xulosa. Ob-havo qaysidir joy yoki mintaqada tez-tez o‘zgarishi mumkin – kun va soat sayin, fasllar yoki yillar mobaynida, hattoki ular bir maromdagi iqlim sharoitida bo‘lsada. Bu havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori, shamol va bulutlarning o‘zgarishidir. Iqlim – ob-havoning ko‘p yillik umumlashtirilgan ko‘rsatgichi. Iqlim sharoiti va iqlim o‘z tabiatiga ko‘ra muhim jihatlarga ega. Ularning asosiy xususiyatlari – harorat rejimi, yog‘inlarning yog‘ishi kabilar. Ular turg‘un, yildan yilga kam o‘zgaruvchan bo‘ladi, farqi esa ularning takroriyligidadir (yillik va uzoq geologik davrlar mobaynida). Iqlim sharoiti vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvcha
nlik xususiyatiga egadir, lekin bu o‘zgaruvchanlik cheklangan va asta sekinlik bilan bo‘ladi. Ko‘pincha iqlim – bu biz kutgan, ob-havo esa biz ega bo‘lgan holatlardir. Meteorologik ko‘rsatgichlarning kenglik bo‘yicha (atmosfera, gidrosfra, litosfera, kriosfera, biosfera) va vaqt mobaynida taqsimlanishi Yer kurrasidagi global, mintaqaviy va mahalliy iqlimlarning xilma-xilligini belgilaydi.
D. Uy vazifasi. Tadqiqot o‘tkazish.
Mavzu: Siz ob-havo bashorati (prognozi)ning qaysi manbasini tanlaysiz?
O‘lchov asboblari: termometr, barometr, psixrometr; ob-havo holati haqida Internet va gazeta yangiliklari. O‘quvchilar 2-4 nafardan tadqiqotchilar guruhlariga bo‘linadilar.
Meteorologiyada ob-havo bashoratining asosiy metodlarini ko‘rib chiqish.
Ommaviy axborot vositalari (OAV) va Internetda berilgan hamda o‘zingizning o‘lchov asboblaringiz va yiqqan ma’lumotlaringiz asosida havo harorati va nisbiy namligi, atmosfera bosimini taqqoslash diagrammalarini tuzish.
O‘lchash asboblari yordamida olingan ma’lumotlar bilan bashorat qilingan ma’lumotlarning to‘g‘ri kelmaslik sabablarini tahlil qilish.
Xalqimizda ob-havoni turli belgilar asosida noan’anaviy ravishda bashoratlashning ishonchlilik darajasini baholash.
Olingan ma’lumotlar asosida yog‘ingarchilik, nisbiy namlik va atmosfera bosimi o‘rtasida qanday aloqadorlik borligini ko‘rib chiqish.
Ob-havoni bashorat qilish manbasining qaysi biri ishonchliroqligi haqida xulosa chiqarish.
Tadqiqot natijalarini tayyorlangan buklet yoki taqdimot ko‘rinishida ko‘rsatish.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling