D. Uy vazifasi. Talabalar iqlim tizimidagi biror bir komponentning o‘zgarishi nimalarga olib kelishi mumkinligi haqidagi film ssenariysini tuzishni berish. Ssenariyni yaratishda o‘quvchilar quyidagi prinsip (yo‘naltiruvchi qoida)larni hisobga olishsin:
- ilmiylik,
- mavjud iqlim tizimi to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarga zid bo‘lmaslik;
- mantiqiy ketma-ketlik;
- qiziqarli;
- zamonaviy;
- pozitiv, ya’ni yaxshilik bilan tugatish.
dunyo okean suvlarini iqlimga ta’siri
AMALIY MASHG‘ULOT
7- Mavzu: INSON HAYOTIDA IQLIMNING AHAMIYATI
Dars maqsadi. Talabalarga iqlim odamlar ucun hayotiy zarur va murakkab tabiiy komponentlar majmuasidan iborat ekanligini o‘qitishdan iborat
Tarbiyaviy maqsad. Iqlim nafaqat insonlar balki barcha organizmlar uchun moslashuvni talab etadigan va uni boshqa tabiat komponentlari bilan almashtrib bo‘lmas hayotiy manba ekanligi haqida tushuncha berish.
Kerakli jihozlar. Mahalliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga doir kartalar, fotosuratlar va adabiyotlar. Xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan yaratilgan elektron disklar, ko‘p yillik ma’lumotli grafiklar, chizmalar va jadvallar, mavzuga doir saytlardan foydalanishni ham tavsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |