B. Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarni Yerdagi issiqxona samarasi sodir bo‘lish mexanizmi va uning kuchayishi, Yer sayyorasiga ta’siri va oqibatlari bilan tanishtirish. Hamma issiqxona gazlariga qisqacha izoh berish. Atmosfera qatlamida issiqxona gazlarining konsentasiyalashuvi va boshqarilmaydigan issiqxona samarasi, urbanizasiyalashuv va yerdan foydalanish tuzilishining o‘zgarish sabablari nimasi bilan xavfli ekanligi?
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Talabalar daftarda quyidagi jadvalni to‘ldirishni taklif qilish:
“Issiqxona samarasi” muammolarining tavsifi
Muammoni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar
|
Muammoni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar
|
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar
|
.........
|
.........
|
.......
|
.........
|
.........
|
.......
|
.........
|
.........
|
.......
|
.........
|
.........
|
.......
|
G. Xulosa. Iqlim o‘zgarishi o‘n va yuz yillar yoki bundan ham uzoq muddatlarda vulqonlarning harakati, quyosh faolligining o‘zgarishi, okeanlar oqimi sirkulyasiyasi yoki Yerdagi tub o‘zgarishlar kabi tabiiy jarayonlar kechuvi bilan amalga oshadi. Kishilik jamiyatining issiqxona va aerozol gazlarni atmosferaga ko‘plab chiqarishi, Yer yuzining o‘zgarishi yoki ozon qatlamini oriqlanishi hisobiga ham iqlim o‘zgarishi mumkin. Global iqlim, biologik, geologik va kimyoviy jarayonlar tabiiy ekotizimlar bilan uzviy bog‘langan. Ulardagi bir jarayonlar kechuvining o‘zgarishi boshqalariga ham ta’sir qiladi, aksariyat hollarda birinchisiga qaraganda ikkinchilarida ushbu o‘zgarishlar kuchliroq sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |