Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning
Download 1.13 Mb.
|
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad.
- Kalit so‘zlar.
- Metodik tavsiyalar: A. So‘z boshi.
- V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
Jadvalni to‘liring.
AMALIY MASHG‘ULOT 6.MAVZU: TABIATDA “OB-HAVO” NIMANI BAJARADI? Dars maqsadi. O‘quvchilarni iqlim o‘zgarishiga ta’sir etuvchi iqlim tizimi va jarayonlarining asosiy komponentlari bilan tanishtirish. Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda Yer yuzidagi barcha jarayonlar qonuniyatli va tizimli, lekin tashqi ta’sirlar natijasida insoniyat uchun salbiy va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushunchalar hosil qilish. Kerakli jihozlar. Yerning iqlim tizimi tasvirlangan plakat. Telluriy – Quyosh va Yerning orbita bo‘yicha aylanishidagi o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi asbob. Sxema va rasmlarni ko‘rsatish uchun proyektor. Kalit so‘zlar. Iqlim tizimi, iqlim tizimi komponentlari va ular orasidagi bog‘liqlik, teskari aloqalar mexanizmi, iqlim o‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etadigan ichki va tashqi jarayonlar, issiqlik va namlik almashinuvi, atmosfera sirkulyasiyasi, geografik kenglik ta’siri, Yerda dengiz va quruqlikning taqsimlanishi, qor va o‘simlik qoplami, orografiya va iqlim, iqlimning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi, iqlimning kontinentalligi. Metodik tavsiyalar: A. So‘z boshi. Talabalar ma’lum bir iqlimni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi va u aniq bir omillarga bog‘liqligini eslatib o‘tish. B. Yangi mavzu bayoni. Iqlim tizimi o‘zaro bog‘liq jarayonlardan tashkil topgan murakkab tizim ekanligini tushuntirish. Iqlim jarayonlari va o‘zgarishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi ko‘rsatkichlarga misollar keltirish. O‘quvchilarni iqlim tizimi ko‘rsatgichlari, uning komponentlari va aksi aloqa mexanizmi bilan tanishtirish. Iqlimni hosil qiluvchi ko‘rsatkichlarning asosiy mazmunini ochib berish. V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Talabalar guruhlarga bo‘linishni tavsiya qilish. Har bir guruhga ma’lum bir ko‘rsatkichni iqlim hosil bo‘lish jarayonida qanchalik muhimligini ko‘proq misol va raqamlar bilan isbotlashga doir kichik bir ma’ruza tayyorlash vazifasini berish. Zaruriyat tug‘ilsa, qisqa ma’lumot va tizimli rasmlardan tashkil topgan plakat tayyorlash. Topshiriqni 20 daqiqaga mo‘ljallash. G. Xulosa. Yerning iqlim tizimi atmosfera, okeanlar, quruqlik, kriosfera (muz va qor qatlami) va biosferani o‘z ichiga oladi. Bu iyerarxik qismlardan iborat tizim bir qator ko‘rsatkichlari bilan izohlanadi, jumladan, havo harorati, atmosfera yog‘inlari, tuproq va havo namligi, qor va muzlar qoplamasining holati, dengiz sathi. Shu bilan birga iqlim tizimini murakkabroq tavsiflash mumkin: atmosfera havosi va okeanlardagi global sirkulyasiyaviy o‘zgarishi, ekstremal meteorologik holatlarning qaytarilishi va kuchi, o‘simlik va hayvonot dunyosining areallari. Meteorologik o‘lchamlarning kenglik bo‘yicha va vaqt davomida taqsimlanishi Yer kurrasida lokal (mahalliy) iqlimni belgilaydi. Ko‘pincha “oddiy” ko‘rsatkichdagi kichik o‘zgarishlar “murakkab” o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida iqlim o‘zgarishini bildiradi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling