Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning
Download 1.13 Mb.
|
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad.
- Kalit so‘zlar.
- B. Yangi mavzu bayoni.
- D. Uy vazifasi.
AMALIY MASHG‘ULOT
5-Mavzu: BUGUN IQLIMGA NIMA BO‘LDI? Dars maqsadi. O‘quvchilarni zamonaviy iqlim kuzatuvi usullari hamda Yer yuzi global iqlim o‘zgarishlarini tasdiqlovchi misollar bilan tanishtirish. Oxirgi mingyillikdagi iqlim o‘zgarishlari sabablarini tushuntirish. Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda Yer yuzasining isib yoki sovib ketish jarayonlari qonuniyatlari, davriyligi hamda biotalar yashashini ta’minlovchi oqibatlar haqida tushunchalar hosil qilish. Kerakli jihozlar. Atrof-muhit va insonlarning hayotiga issiq anomal ob-havo sharoiti va hodisalarining ta’siri tasvirlangan plakat va fotomateriallar. Ob-havoning anomal jarayonlarini isbotlovchi Internet, gezeta va jurnallardagi maqolalardan qaydlar. A1 formatdan qog‘oz, turli rangdagi markerlar. Kalit so‘zlar. Global iqlim evolyusiyasi, o‘tmishdagi iqlim, so‘nggi mingyillikdagi iqlim o‘zgarishlari, asosiy kuzatilgan o‘zgarishlar, global isish, Orol dengizining ekologik halokati. Metodik tavsiyalar: A. So‘z boshi. Insoniyat sivilizasiyasi o‘tgan mingyillik va hozirgi zamonda mahalliy, mintaqaviy va global miqyosda iqlim o‘zgarishiga misollar keltirish. B. Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarni zamonaviy iqlimning global o‘zgarishini ko‘rsatuvchi asosiy indikatorlar (havo harorati, yog‘ingarchilik, qor va muz qoplami, dengiz sathi...) bilan tanishtirish. V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Talabalar 10, 30, 100, 1000 yillik kelajak tasavvuri hamda global, mintaqaviy va mahalliy iqlimni zamonaviy tendensiyadagi o‘zgaruvchanlikni hisobga olgan holda ular yashab turgan joylarining ko‘rinishini plakatda tasvirlishni tavsiya etish. Guruhda ish 20 daqiqaga mo‘ljallangan. Guruh ishining natijalari taqdimot sifatida ko‘rsatilishi kerak. Joylarining fantastik loyihalari qaytarilishi mumkin. Taqdim etilgan ishlarga izoh bering, tarkibini solishtiring hamda xulosa chiqaring. G. Xulosa. Mutaxassislar tomonidan atmosfera, okean, muz qoplamlari va muzliklarni kuzatish Yer yuzasidagi hodisalar tabiiy jarayonlar qonuniyatining bir qismi bo‘lib, ular global iqlim isishini ko‘rsatmoqda. U kuchli issiqlik to‘lqinlari, yangi shamol oqimlari, ayrim bir hududlarda qurg‘oqchilik, boshqasida esa me’yoridan ortiq yog‘ingarchilik, arktik suvlarida muzliklarni erishi hamda dengiz sathini ko‘tarilishiga olib kelmoqda. Iqlimning lokal o‘zgarishi ko‘pgina hollarda global miqyosda o‘zgarishiga nisbatan ancha ta’sirchandir, chunki lokal omillar (masalan, okean yoki atmosfera sirkulyasiyasining o‘zgarishi) issiq yoki nam oqimni bir joydan ikkinchisiga ko‘chirib yuborishi mumkin. Havo haroratining o‘rtacha global o‘zgarishi esa, aksincha, ma’lum bir global miqyosdagi ta’sirlarni talab etadi. Masalan, quyosh faolligi yoki issiqxona gazlarining konsentrasiyaviy o‘zgaruvi. Bugun biz global iqlim o‘zgarishi ostonasida turibmiz. Afsuski, bu iqlim o‘zgarishi rejalashtirilmagan va shuning uchun ham qiyin boshqariladigan va falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayondir. D. Uy vazifasi. Ilmiy gipotezalarni ishlab chiqish. Tadqiqotlar o‘tkazish va gipotezani olib chiqish. O‘quvchilar turli axborot manbalaridan (Internet, gazeta, jurnal, kitob, tele va radioaxborotlardan) dunyoning turli qismlarida sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarini yig‘ish. Masalan: 1-gipoteza. Global mikyosda iqlim isishi – bu falokat, chunki muzliklar erishi natijasida quruqlikning katta qismini suv bosadi, qolganini taqsimlashda ziddiyatlar yuzaga keladi. 2-gipoteza. Global iqlim isishi natijasida turli noqulayliklar vujudga keladi, lekin insoniyat uni yengib chiqadi. Natijalarni oldindan tayyorlab qo‘yilgan A1 formatdagi plakatda tasvirlash. Tadqi qotlar natijasi bo‘yicha xulosalar berish. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling