V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Issqxona effektini kamaytirishga doir ishlanmalar plakatlar va jadvallarni to’ldirish orqali mavzuni to’liq bayon etishni taklif qilsh
G. Xulosa. Bu muammoga jamoatchilik e'tiborini qaratish zarur. Har bir inson issiqxona gazlarining to'planishini kamaytirish uchun qo'lidan kelganini qilishga harakat qilishi va natijada sayyoramiz uchun qulay iqlim haqida g'amxo'rlik qilishi kerak.
Issiqxona effektining kuchayishi ekotizimlar, odamlar va umuman tirik organizmlarning iqlim o'zgarishiga moslashishiga ehtiyoj paydo bo'lishiga olib keladi. Albatta, eng oson narsa - global isish falokatining oldini olishga harakat qilish, masalan, erdagi chiqindilarni kamaytirish va tartibga solish.
Insoniyatning yanada rivojlanishi va biosferani saqlab qolish uchun atmosferaga salbiy ta'sirni kamaytiradigan usullarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bugungi kunda mutaxassislar issiqxona effekti va iqlim o‘zgarishlari, uning turli sabab va oqibatlarini o‘rganmoqda, dunyo aholisi uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqmoqda.
D. Uy vazifasi. . “Sabab-oqibat” jadvalini to‘ldirish. O‘quvchilarni uy xo‘jaligini yuritishda ishlatiluvchi qazib olinadigan organik yoqilg‘i hisobiga ishlab chiqariladigan elektr quvvati qanday ishlatilayotganligini tahlil etishni taklif qilish. “Yerning issiqxona samarasiga qo‘shgan hissam” topshirig‘ini bajarishda va jadvalni to‘ldirishda ota-onalarni ham jalb etishni tavsiya qilish.
Jadvalni to‘liring.
AMLIY MASHG‘ULOT
10- MAVZU:GLOBAL ISISH MUAMMOSI
Dars maqsadi. Talabalar turli bosqichlardagi iqlim o‘zgarisha va vujudga kelgan salbiy oqiblarga kishilarni moslashishi kerakligini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad. Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, o‘quvchilarda tabiatning salbiy oqibatlari va jarayonlariga moslashish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Mahalliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga doir kartalar, fotosuratlar va adabiyotlar. Xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan yaratilgan elektron disklar, ko‘p yillik ma’lumotli grafiklar, chizmalar va jadvallar, mavzuga doir saytlardan foydalanishni ham tavsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |