Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning
Download 1.13 Mb.
|
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- D. Uy vazifasi.
- AMALIY MASHG‘ULOT 12-Mavzu: IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH Kalit so‘zlar.
- Dars maqsadi.
G. Xulosa. Iqlim isishi natijasida iqlim zonalari qutblarga tomon siljiy boshlaydi. O‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori oshadi, ayrim mintaqalarda suv toshqinlari, boshqalarida esa qurg‘oqchiliklar kuzatiladi. Muzliklar qaytishi va tez erishi davom etadi. Iqlimni antropogen davrdagi qisqa muddatli “samarali o‘zgarishi” ming va hattoki, million yillar davom etadigan tabiiy o‘zgarish samarasi bilan tenglashtiriladi, zero, odamlarni biologik tur sifatida yashab qolishiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Biroq yaqin yuz yillikdagi iqlim o‘zgarishi insonlar hayotida ko‘pgina salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘zgarish tabiat moslashuvidan jadalroq ravishda kechadi, bu esa hayvonot va o‘simlik dunyosini ham moslashuvga yoki qulay joylarga ko‘chishga ulgurmasligiga ham olib keladi. Tropik zonadagi kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun muayyan muddat kerak bo‘ladi. Shu tariqa iqlim o‘zgarishi, bir tomondan, boshqa global muammolardan keskin farq qilsa, ikkinchi tomondan, ularni keskin ravishda kuchaytiradi. Yerning iqlim tizimi juda inersiyali, shuning uchun unda nimanidir o‘zgartirish (yoki jarayonni sekinlashtirish) uchun oldindan harakat qilish lozim, bizning holatda bunga bir necha o‘n yilliklar bor.
1-jadval
D. Uy vazifasi. 1. Konturli karta bilan ishlash. Agar okean sathi 1,2 yoki 5 metrgacha ko‘tarilsa, avvalambor suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni ma’lum bir belgi bilan belgilashni taklif etish. Iqlim o‘zgarishi kishilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi mamlakatlarni ajratish. O‘z fikrlarini izohlash. 2. “Sabab-oqibat” jadvalini to‘ldirish. AMALIY MASHG‘ULOT 12-Mavzu: IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH Kalit so‘zlar. Rejalashtirilgan va operativ moslashuv, iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyasi, moslashish qobiliyati, moslashuv imkoniyatlari tengsizligi, moslashuv misollari. Dars maqsadi. Talabalar iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish yo‘llari va mavjud iqlim sharoitiga moslashuv zaruriyatini tushuntirish. Iqlimning o‘zgarishini real holat deb qarab, Talabalar salbiy tabiiy hodisalarga va jarayonlarga moslashish ko‘nikmalarini berish. Kerakli jihozlar. Dunyo tabiiy kartasi, O‘zbekistonning tabiiy kartasi, yangi innovasion loyihalar aks etgan rasmlar va plakatlar. Yangi mavzu bayoni. Iqlim o‘zgarishidan kelib chiqadigan salbiy hodisalarga moslashish va uning oldini olish chora-tadbirlarini qo‘llash orqali turli xavflarni kamaytirish mumkin. Turli iqlim o‘zgarishi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mintaqalarda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha komandali o‘yinlar o‘tkazish. Gʻolib jamoaga “Sog‘lom va xavfsiz hayot tarzi” nishonini tayyorlash va topshirish. Maktab, lisey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida turli iqlim o‘zgarishlariga moslashgan yoshlarning surati tasvirlangan devoriy plakatlar ko‘rgazmasini tashkil etish. Xulosa. Moslashuv iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan zaruriy strategiya hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalashtirilgan yoki tasodifan namoyon bo‘ladi. Bugungi kun iqlim o‘zgaruvchanligi, jumladan, qurg‘oqchilik yoki suv toshqinlari kabi ekstremal iqlim hodisalari turli ko‘rinish va miqyosdagi salbiy oqibatlarini olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishining davomiyligidan qat’i nazar unga moslashishga nisbatan befarq bo‘lmaslik jadal suratlarda ijtimoiy-iqtisodiy zararlarni kamaytirishga yordam beradi. Samarali strategiyalarni huquq, moliya, iqtisod, texnologiya, umumiy ta’lim sohalaridagi g‘oya va yutuqlar asosida hamda o‘qitish va tadqiqot yo‘llari bilan amalga oshirish kerak. Biz bugun bunday salbiy oqibatlarga qanchalik jamiyatimizni jipslashtirsak va sog‘lom tabiiy muhitni yaratish yo‘lida ish olib borsak, shunchalik kelajakdagi o‘zgarishlarga tayyor bo‘lamiz va dunyoning barqarorligiga erishamiz. Jadvalni to‘ldiring.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling