Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet31/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. Darsni 5-6 kishidan iborat guruhlarda bo‘lib o‘tkazish hamda har bir guruhga jadvaldagi misollarning birini tanlatib, uni tahlil ettirish. Keyin guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini o‘tkazish. Faoliyatni 20 daqiqaga mo‘ljallash.


G. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, global iqlim oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladigan ekologik muammolarni barcha davlatlar va insoniyat birlashsagina natijaga erishadi. Shuni unutmasligimiz lozim, biz kelajak avlod uchun musaffo osmon, goʻzal tabiat va uning bebaho neʼmatlarini bekamu koʻst yetkazish burchimizdir.
D. Uy vazifasi. Mustaqil ish sifatida talabalar xalqaro iqlim o‘zgarishi tog’risidagi ma’lumotlarni toplash va fikr mulaxazalarini berishni taklif qilish.
AMALIY MASHG‘ULOT


20-MAVZU: IQLIM MIGRANTLARI


Dars maqsadi. Talabalarga iqlim migrantlari mavzusini to’liq yoritib berish, hozirgi kundagi iqlim migrantlari sabab va oqibatlarini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilar ongida iqlim o’zgarishi tufayli ijtimoiy-iqtisodiy tanglik va buning natijasida insonlarning ekologik qochqinlarga aylanayotganli haqida tushunchalar uyg’otish.
Kerakli jihozlar. Mavzuga oid rasmli plakatlar, internet materiallari, xar-xil turdagi slaydlar, dunyoning siyosiy va tabiiy kartalari.
Kalit so‘zlar. Iqlim sharoitlarining o’zgarishi, ekologik qochqin, issiqxona effekti, degradatsiya, suv tanqisligi.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga kelib 216 milliondan ortiq odam iqlim o‘zgarishi sabab o‘z mamlakatlarini tark etishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davrga kelib, dunyoning olti mintaqasida, xususan, Tropik Afrikada 86 mln, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida 49 mln, Janubiy Osiyoda 40 mln, Shimoliy Afrikada 19 mln, Lotin Amerikasida 17 mln hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda 5 mln iqlim migrantlari paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling