Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet29/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

AMALIY MASHG‘ULOT
18-MAVZU:O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN OB - HAVO MA’LUMOTI

Reja: 1. O‘zbekiston respublikasining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolari



  1. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarning salbiy jihatlari

  2. Iqlim o‘zgarishi bashorati



Kalit so‘zlar. Gidrologik hodisalar xavfi; iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, sug‘oriladigan yerlar, aholi salomatligiga ta’siri; bevosita va bilvosita oqibatlar; sho‘rlanish, eroziya, chang ko‘chishi, cho‘llanish.
Dars maqsadi. O‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan tarzda undagi iqlim o‘zgarishi bashorati bilan tanishtirish. Mamlakatimiz har bir fuqarosining o‘zi yashaydigan tuman, shahar, viloyat ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi rolini tushuntirish.
Kerakli jihozlar. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy, ekologik, iqlim va aholi kartalari, turli shakl va ko‘rinishdagi atlaslari.
Yangi mavzu bayoni. Mutaxassis va olimlar tomonidan keltirilgan kelajakdagi planetar iqlim o‘zgarishlari va oqibatlari, ularning O‘zbekistonga ta’siriga oid bashoratni taqdim etish. Iqlim o‘zgarishi agrar sektorga, suv resurslariga, aholi salomatliga ta’siri haqida batafsil gapirib berish.
Mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar o‘zlarini tekshirib ko‘rishlari uchun savollarga javob berishlarini tavsiya qilish. Ta’lim muassasasi rahbarlari bilan salomatlik kunini maqsadli o‘tkazish haqida kelishib olish va tadbir o‘tkazish ssenariysini tuzish.
Xulosa. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi orqali mavjud tabiiy sharoitni keskinlashtiruvchi asosiy omillar quyidagilar:

  • quruq va issiq kunlarning ko‘payishi;

  • kelajakda suv resurslarini kamayishi va suv sifatining yomonlashuvi ehtimoli;

  • yerlarning degradasiyalashuvi, sho‘rlanishi, suv va shamol eroziyasi, chang-to‘zonli kunlarning ortishi;

  • cho‘llanish jarayonining kuchayishi;

  • tog‘larda qor zaxirasining va muzliklar bilan qoplangan maydonlarning kamayishi;

  • xavfli va ekstremal gidrometerologik (qurg‘oqchilik, sel ketishi va suv toshqini kabi) xodisalarning kuchayishi;

  • yangi turdagi qishloq ho‘jaligi ekinlari hosidorligining pasayishi, yaylovlarning samaradorligi va chorvachilikning kamayishi, oziq-ovqat xavfsizligi xavfining ortishi;

  • aholini salomatligi uchun xavfning ortishi;

  • iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni baholashda ko‘pgina omillarni inobatga olish va ularni atroflicha tahlil qilish.




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling