Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar


Download 0.54 Mb.
bet11/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
Agrokimyo asoslari umumiy o‘rta maktab kimyo o‘quv kursini amaliylashtirishning eng muhim qismidir.
Agrokimyo ba’zi masalalari, albatta, sinfda- kimyo kursini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqiladi. Ammo buning o‘zi kifoya qilmaydi.O‘quvchilarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslariga bo‘lgan amaliy va nazariy havasini sinf mashg‘ulotlarining o‘zigina qondira olmaydi.
Agrokimyodan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tahminan quyidagi sohalarda olib boriladi:
A) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning kimyoviy asoslari. Mineral va organik moddalar (ularni bilib olish usullari). O‘simliklarning kimyoviy tarkibi. Tuproq va uning tarkibi; tuproq reaksiyasini universal indikator yordami bilan aniqlashning kolorimetrik (rangdor) usuli. O‘simliklarning tuproqdan oziqlanishi va ayrim kimyoviy elementlarning o‘simliklar hayotidagi roli. Kislorodning, uglerodning, azotning, fosforning va boshqa kimyoviy elementlarning tabiatda aylanishi. Suv, uning qattiqligi va qattiq suvni yumshatish. Tuproqdagi erimaydigan kalsiy karbonatning yuvilib ketishi va tuproqning ohaklash. Havo va uning tarkibi; o‘simliklarning havodan oziqlanishi. Tuproqda, qumda va suvda o‘sadigan ekinlar, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati (bu ekinlar bilan qilinadigan tajribalar).
B) Hosilni oshirish uchun kimyo. Mineral o‘g‘itlar, ularning tarkibi, xossalari va ularni bilib olish usullari, ularning o‘simliklar hayotidagi roli; ishlatilish usuli va texnikasi. Mikroo‘g‘itlar. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va zararkurandalariga qarshi ishlatiladigan moddalar; ularning tarkibi va xossalari; ishlatilish usuli va texnikasi. O‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini boshqarish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (o‘quv-tajriba maydonchasida qilinadigan tajribalar).
V)Qishloq xo‘jaligi ma’sulotlarini kimyoviy yo‘l bilan boshqa mahsulotlarga aylantirish. Spirt, shakar, patka, sovun va boshqa moddalar ishlab chiqarish.
Kimyo to‘garagi a’zolari agrokimyo masalalarini nazariy jihatdangina emas, balki, amaliy jihatdan ham hal qiladilar. Ular masalan, mana bunday amaliy ishlar o‘tkazadilar: tuproqning tarkibini aniqlash; tuproqning reaksiyasini universal indikator yordami bilan aniqlash, o‘simliklarni tahlil qilish -o‘simliklardagi suv miqdorini eriydigan va erimaydigan moddalar miqdorini mineral va organik miqdorini aniqlash; har xil sharoitda va har xil tuzlar solib o‘stirilayotgan o‘simliklarning qanday rivojlanishini kuzatib borish; mineral o‘g‘itlar hosil qilish va ularni eng xarakterli alomatlariga qarab bilib olish; urug‘liklarni dorilash; o‘simliklarga mis kuporosi va ohak eritmalari purkash va hokazo. Har xil o‘g‘itlarning suvda yoki qumda o‘stiriladigan ekinlarga qanday ta’sir etishini maktab o‘quv tajriba maydonchasida yoki mahalliy kolxozning maxsus tajriba maydonida tekshirib ko‘rish ayniqsa katta ahamiyatga ega.
To‘garakda eng oddiy kimyoviy analiz yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.
To‘garakda kimyoviy analiz yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar amaliy hayotda juda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar bir qator aniq moddalarni aniqlash bilan kimyo o‘quv kursining o‘zida shuningdek, ammoniy kimyodan va agrokimyoviy asoslari yuzasidan o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlarida tanishadilar. Bu yerda - maxsus bo‘limda esa moddalarning tarkibi (ham sifat tarkibi, ham miqdoriy tarkibi) to‘g‘risidagi tarqoq tasavvurlar sistemaga solinadi va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi. To‘garak mashg‘ulotlarida echiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo‘lishi mumkin.
a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniy tuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng xarakterli xossalarini eksperiment yo‘li bilan ko‘rsatish;
b) moddalarni bilib olish: masalan, bir qancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorodsulfidni, ammiakni topish: osh tuzi eritmasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini o‘yuvchi natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo.
v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko‘rish va unda qo‘shimchalar bor-yo‘qligini aniqlash;
g) moddaning sifat tarkibini (qanday elementlardan iboratligini) aniqlash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis kuporosi tarkibiga mis, sulfat kislota qoldig‘I va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yo‘li bilan isbotlash;
D) moddaning, masalan, mis kuporosi, gips, suv va boshqalarning miqdoriy tarkibini (qanday elementlar qanchadan borligini) aniqlash;
E) amaliy ahmiyati katta bo‘lgan moddalarni, masalan, tuproq, suv, sut, non va boshqalarni sifat va miqdor jihatidan analiz qilish;
J) moddaning tuzilishini aniqlash, masalan, sirka aldegidning, sirka kislotaning, etil spirtining va boshqalarning tuzilishini tajriba yo‘li bilan isbotlash.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling