Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet16/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Nazorat savollari:
1.Kimyodan fakultativ mashg’ulotning maqsadi nimalardan iborat?
2.Fakultativ mashg’ulotlarga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
3.Fakultativ mashg’ulotlardagi ish metodi darsdagi ish uslublaridan nimasi bilan farq qiladi?
9-ma’ruza
Mavzu:Sinfdan tashqari ishlarni tashkillashda innovatsion va information-interakriv o’qitish metodlarini joriy qilish masalalari.
Ma’ruza rejasi:
1. Kimyo fanini o’qitishda kompetentsiyaviy yondashuvni shakllantirish va rivojlantirishda qo’llaniladigan masalalarni innovatsion texnologiyalar asosida yechish yo’llari: interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organayzerlar.

Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.

Zamonaviy sharoitda o’quvchilarning o’quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o’qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o’yinlar, muammoli o’qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o’qitish, blended learning (aralash o’qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.


Respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda:

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling