Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yuqori darajadagi fakultativlar.
- 3. Fakultativ maxsus kurslar.
Nazorat savollari:
Sinfdan tashqari ishlarni maqsadli tamoyillarini ayting? Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaning mohiyati nimalardan iborat? Darsdan tashqari mashg’ulotlarda tashqi borliqni uyg’unlashtirish? 8-ma’ruza Mavzu: Kimyodan fakultativ mashg‘ulotlar. Ma’ruza rejasi: 1.Kimyodan fakultativ mashg’ulotlarning maqsad va vazifalari. 2.Fakultativ mashg’ulotlarga qo’yiladigan talablar. 3.Fakultativ mashg’ulotlardagi ish metodlari. Kimyodan fakultativ kurslarning maqsadi quyidagicha: o’quvchilarning kimyoda bilimlarini chuqurlashtirish; o’quvchilarning kimyoga bo'lgan qiziqishlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish; Kimyo faning metodlarini egallash; Ilmiy dunyo qarashni shakillantirishga olib keluvchi predmetlararo bog’liqlikni amalga oshirish; Amaliy ta’lim jarayonini to’laroq amalga oshirish; O’quvchilarni kasbga yo’llash. Kimyodan fakultativ mashg’ulоt. Kimyoda turli yo’nalish va mazmundagi fakultativ mashg’ulоtlarni tanlash, ish mazmunini aniqlash. Fakultativ mashg’ulоtlarni ahamiyati va ularni o’tkazishga qo’yiladigon talablar. Umumiy o’rta ta’lim maktab uchun tavsiya etiladigon fakultativ mashg’ulоtlarning tahminiy mazmuni to’g’risida talabalarda aniq tassavur hosil qilish. Maktablarda ko'pdan-ko'p o'quvchilar kimyo faniga qiziqyaptilar, ular faqatgina maktab dasturidan emas, balki boshqa adabiyotlardan ilmiy jurnallar, kimyo jurnallaridan keng foydalanmoqdalar. O'quvchilar darslardan keyingi vaqtlarda kimyo honalarida eksperimental tajribalar o'tkazmoqdalar. Shunday o'quvchilar uchun tashkil etilgan Fakultativ mashg'ulotlar, ularning bilimini, umumiy bilimlarini va qobiliyatlarini oshiradi. Fakultativ mashg'ulotlar, o'quv mashg’ulotlarini, o'quv rejalarini o'zgartirmay, darsliklarni mazmunini o'zgartirmay o'quvchilarni ta'lim olishiga qo'shimcha bilimlar kiritilmoqda. Pedagogik kengash har yili o'qituvchi va o'quvchilar tashabbusiga asoslanib va imkoniyatga asoslanib Fakultativ mashg'ulotlarni belgilaydi. Fakultativ kurslarni tasdiqlangan ro'yxati e'lon qilinadi.O'quvchilar qiziqishiga va qobiliyatlariga bog'liq bo'lgan Fakultativ mashg'ulotlarni tanlab olish huquqiga ega |bo'ladi. Fakultativ mashg'ulotlarga guruhlar bir yoki bir necha parallel' bo'lgan sinflardan o'quvchilar yig'iladi. Bo'lim tavsiyalariga ko'ra Fakultativ mashg'ulotlarni bir yoki bir necha maktablarning o'quvchilaridan tashkil qilish mumkin. Har bir fakultativ mashg'ulot 35 soatga taqsimlanadi, ya'ni 1 soat haftada 1 yil davomida yoki 2 soat haftasiga yarim yil davomida. Fakultativ mashg'ulotlar o'tkazishda ilg'or o'qituvchilar, tajribali mutaxasislar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, ilmiy xodimlar taklif etilishi mumkin. Fakultativ mashg'ulotlarga qabul qilish fakultativ olib boruvchi o'qituvchi tomonidan o'tkaziladi va o'quvchi hoxishi hamda sinf rahbari fikrlarini hisobga olib, maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Fakultativ mashg'ulotlar o'z jadvaliga ega bo'ladi va faqat darslardan keyin o'tkaziladi. Fakultativ mashg'ulotlarni o'tkazish va nazorat qilish maktab direktori va o'quv tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarlar zimmasiga yuklatiladi. O'quvchilarning mashg'ulotlarga qatnashishi, ularning hosil qilgan bilimi, yutuqlari mashg'ulot oxirida hisobga olinib o'qituvchi tomonidan baholanadi. O'quvchilar tanlab olish uchun quyidagi fakultativ kurslar tavsiya etiladi: 1. Yuqori darajadagi fakultativlar. a) 8 sinf fakultativ kursi 68 s; b) 9 sinf fakultativ kursi 68 s; v) 10-11 sinf fakultativ kursi 102 s; 2. Amaliy fakultativlar. a) Kimyoviy tahlil asoslari (9-10) 136 s; b) Kimyo qishloq xo'jaligida (9-10) 136 s; v) Sanoatda kimyo (10-11) 102 s; 3. Fakultativ maxsus kurslar. a) Yuqori molekulyar birikmalar(polimerlar)kimyosi (11) 34s; b) Metallar kimyosi va metallurgiya (9-10) 68s; v) Biokimyo masalalari (11) 68s; g) Elementar bioorganik kimyo (11) 68s; d) Dispers sistemalar va sirt hodisalar haqida ta'limot (10) 68s; e) Organik birikmalarning fazoviy va elektron tuzilishi (11) 68s Fakultativ mashg'ulotlardagi ish metodi darsdagi ish uslublaridan ancha farq qiladi. Bu metodda ko'proq materialni bayon qilish ma'ruzaga o'xshash bo'ladi, seminar mashg'ulotlar bo'ladi va Oliy o’quv yurti dasturiga o'xshab ketadi. Ma'ruzalar boshqa uslublardan ustun turib ularni boshqa fakultativ kurslarda ham qo'llash mumkin. Fakultativ mashg'ulotlarda ko'proq o'quvchilarni mustaqil ishlashlarini ta'minlash kerak. Bunday ishlar sifatida ma'ruzalar, referatlar, konspektlar, jadvallar tayyorlash kabilar kiradi. Fakultativ mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishda fakultativ kurs metodikasi va kerak bo'lgan dastur va adabiyotlar bilan tanishish kerak. Shundan so'ng o'quvchilar uchun kerak bo'lgan adabiyot yig'ish kerak.O'qituvchi mashg'ulotdan oldin mutaxassislar bilan suhbatlashib, maktabning ishlab chiqarish bazasi bilan tanishishi kerak. Eng muhim ishlardan biri namoyishli, ya'ni fakultativ kurs o'qituvchisi o'quv malakasiga ega bo'lishi kerak. Fakultativ mashg'ulotlar boshlashdan oldin o'qituvchi kimyo xonasida ko'rgazmali vositalar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar o'tish uchun asbob jixozlar bo’lishi kerak. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling