Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Talabalarda fan olimpiadalarini o’tkazish


Download 0.54 Mb.
bet59/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Talabalarda fan olimpiadalarini o’tkazish.
O’quv fanlaridan talabalar olimpiadalari.


Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to’g’risidagi nizom qabul qilingan. Maskur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.5-bandi talablariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasidan bilimning tegipshi sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlarining noyob iste’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili fanlar bo’yicha o’tkaziladigan talabalar respublika fan olimpiadasini tashkil etish va o’tkazish tartibini belgilaydi.
Olimpiadani tashkil etish va o’tkazish ikki bosqichdan iborat.
-I bosqich har joriy yilning mart-aprel oylarida barcha OTMlarida utkaziladi.
-II bosqich vazirlikning buyrug’i bilan belgilangan muddatida tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etish va o’tkazishga mas’ul etib belgilangan OTMlarida o’tkaziladi.
Olimpiadani qaysi bosqichidan qat’iy nazar olimpiadaning I bosqichida birinchi o’rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega.
Olimpiadaning ikkinchi bosqichi o’tkaziladigan oliy ta’lim muassasani har uch yilda o’zgartirib turish tavsiya etiladi.
OTM I bosqichida birinchi o’rinni egallagan talabalar haqidagi ma’lumotni II bosqich boshlanishdan kamida 10 kun oldin II bosqich olimpiadasini o’tkazadigan tegishli OTMlariga etkazadi.
Olimpiadaning ikkinchi bosqichi vazirlik buyrug’ida ko’rsatilgan OTMlarda o’tkaziladi. Ularni samarali o’tkazish maqsadida mas’ul OTM rektori rahbarligida Ishchi tashkiliy qo’mita tuziladi.
Vazirlik tomonidan belgilangan mas’ul vakil va olimpiada o’tkaziladigan OTMda tuzilgan Ishchi tashkiliy qo’mitaga ishtirok etuvchi OTMlari vakillari tomonidan tegishli fandan o’z variantlarini olimpiada boshlanishidan bir kun avval takdim etadi. Takdim etilgan variantlardan vazirlik tomonidan belgilangan mas’ul vakil hamda olimpiada o’tkaziladigan OTMning Ishchi tashkiliy qo’mitasi yangi uchtadan kam bo’lmagan variantlarni uch nusxada tuzadi va konvertlarga joylashtirib muxrlaydi. Qura tashlash yo’li bilan konvertlardan bittasi tanlab olinadi.
Olimpiadaning II bosqichi kamida 4 ta turdan iborat bo’ladi: ijodiy ish tayyorlash; yozma ish yoki amaliy, laboratoriya topshiriqlarni bajarish (yoki matn tarjima qilish); test topshiriqlarini bajarish; og’zaki topshiriqlar bo’lib, har bir tur 100 balllik tizimda Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi..
Baholarning o’rtachasi hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4ta tur bo’yicha natijasi asosida egallagan o’rni belgilanadi
6-Amaliy mashg’ulot: Akademik litseylarda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar.Sinfdan tashqari ishlarda innovatsion faoliyatni loyihalash
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  • fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

  • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;

  • ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;

  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  • zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;

  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling