Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet62/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Ishning borishi:
Ekskursiya ham dars kabi ma'lum bosqichlarga ega, dars kabi muayyan reja asosida o'tkaziladi. O'quvchi ekskursiyadan oldin sanoatda ishlatiladigan moddalarning tarkibini, tuzilishini va sanoatda olinishini bilishlari zarur. O'qituvchi o'zi oldin ishlab chiqarish korxonasini yaxshi o'rganishi zarur.
Buning uchun quyidagilarni bajarishi zarur:
a) tegishli adabiyotni o'qiydi;
b) ekskursiya ob’yekti bilan oldindan mutaxassis yordamida tanishadi,
v) mutaxassis bilan o'quvchilar qiladigan ishni kelishadi;
g) ekskursiya rejasini chizadi.
Ekskursiya ikki soatdan oshmasligi kerak. (bunga maktabdan zavodga borish vaqti kirmaydi). O'quvchilar bilan yo'l harakati va texnika havfsizligi to'g'risida oldindan suhbatlashish kerak. Ekskursovodga ko'proq nimaga e'tibor berishni va apparatlarning ishlashini tushuntirishda o'quvchilarga orqasini o'girib gapirmasligini tayinlashi va iloji boricha ekskursavod sifatida kimyo laboratoriyasini xodimi bo'lishiga erishishi kerak. Ekskursiyadan oldin esa o'qituvchi mahsus kirish mashg'uloti o'tkazadi.
O'qituvchi kirish mashg'ulotida quyidagi vazifalarni hal qiladi:
a) Ekskursiyadan ko'zda tutilgan maqsadni aniqlab beradi;
b) Ekskursiya ob’yektining kimyoviy mohiyatini umumiy tarzda tasvirlab beradi;
v) O'quvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishtiradi;
g) O'quvchilarni kichiqroq guruhlarga bo'ladi;
d) Har bir guruhga aniq topshiriq beradi, har bir guruh nimalarni alohida kuzatishi, nimalarning rasmini solishi, tayyor mahsulotlardan namuna olish ishlarini tayinlaydi.
Kimyo, fizika, biologiya va geografiya kabi fan o'qituvchilari birgalikda kompleks ekskursiya o'tkazishlari yanada yaxshi natija beradi. Bunda o'quvchi ishlab chiqarish korxonasini har tomonlama to'liq o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi va fanlar orasidagi uzluksiz bog'liqlikni yaxshiroq his qiladi.
Ishlab chiqarishga boriladigan ekskursiya taxminan quyidagi reja asosida o'tkaziladi:
1. Butun ishlab chiqarishning tavsifi (uning paydo bo'lishi, rivojlanishi, vazifalari).
2. Xom ashyo va uni tayyorlash.
3. Ishlab chiqarish bosqichlari.
4. Ishlab chiqarish mahsulotlari.
5. Ishning uyushtirilishi, mexanizatsiya, avtomatizatsiya.
6. Tayyor mahsulotlarni iste'molchiga yetkazish.
7. Ishchi kasblari haqida suhbat.
O'qituvchi rejani o'zgartirishi mumkin. Ekskursiyaga yakun to'planadi. O'quvchilar ekskursiyadan keyinroq olgan taassurotlari eskirib qolmay, o'zlari to'plagan material to'g'risida so'zlab beradilar va o'z axborotlariga tegishli to'g'risida so'zlab beradilar va o'z axborotlariga tegishli ilova qiladi. Ba'zan maktabda mahsus kecha o'tkazib yakunlanadi.
Uchqo'rg'on shahar 4-maktabning 10-sinf o'quvchilarining kimyodan yog' ishlab chiqarish zavodiga qilgan ekskursiyasi misol qilib keltiramiz. Kimyo o'qituvchisi G.Qo'chqorova zavodga borib, uni diqqat bilan ko'rib chiqdilar va ishlab chiqarishning dasturda ko'rsatilgan material bilan eng ko'p bog'liq bo'lgan, o'rganilganda ta'lim tarbiya ishining sifatini oshiradigan ob’yektlarni tanlaydi. O'qituvchi nazariy jihatdan tayyorgarlik ko'rdi: "O'simlik yog'larini ishlab chiqarish texnologiyasi", "Masloekstraksionnoe proizvodstvo" degan kitoblarni o'qidi. ekskursiyani quyidagi reja asosida o'tkazishga qaror qildi.
1. Texnika xavfsizligi bilan tanishish.
2. Zavodning qisqacha tarixi bilan tanishish.
3. Yog' olinadigan xom-ashyolar, xom-ashyolarni qayta ishlash.
4. Chigit va boshqa yog'li urug'larning po'chog'ini ajratish.
5. Yog' olish.
6. Presslash va ekstrakziyalash sexlari.
7. Sovun ishlab chiqarish sexi.
O'qituvchi oldindan o'tkazgan suhbatda ekskursiyaning ahamiyati va maqsadini aytib berdi, o'quvchilarni ekskursiya marshruti bilan tanishtirdi, hamma o'quvchilarni (26 kishi) yettita zvenoga bo'ldi va har qaysi zvenoga muayyan topshiriq berdi.
Ekskursiyaga mahsus konferensiyada yakun yasaldi. Ekskursiya vaqtida to'plangan barcha masalalar ko'rgazmasi konferensiyaga tayyorlab qo'yildi. Konferensiyaga Jo'raev V., Jambulova Sh., Oxunov E. zavod tarixiga oid referat yozdilar. Mirzaabdullaeva Z., Isomboeva M. chigitdan yog' olish protsesslari yoritilgan al'bom tayyorladilar, Ergasheva K., Jo'raeva D., Xo'jaqulova G. zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namuna olib, stend tayyorlashdi, Adashev B., Sayfullaev T. ekskursiya davri yoritilgan fotostend tayyorlashdi.
Konferensiyaga zavod vakillari, shahardagi maktablarning kimyo o'qituvchilari va metodistlari qatnashdilar. Konferensiya quyidagi reja asosida o'tkazildi:
1. O'qituvchining kirish so'zi.
2. O'quvchilarning hisobotlari.
3. Zavod vakilining so'zga chiqishi.
4. Tashkiliy qism.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling