Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet70/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Ishning borishi
To‘garakda eng oddiy kimyoviy analiz yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.
To‘garakda kimyoviy analiz yuzasidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar amaliy hayotda juda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar bir qator aniq moddalarni aniqlash bilan kimyo o‘quv kursining o‘zida shuningdek, ammoniy kimyodan va agrokimyoviy asoslari yuzasidan o‘tkaziladigan to‘garak mashg‘ulotlarida tanishadilar. Bu yerda - maxsus bo‘limda esa moddalarning tarkibi (ham sifat tarkibi, ham miqdoriy tarkibi) to‘g‘risidagi tarqoq tasavvurlar sistemaga solinadi va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalaniladi. To‘garak mashg‘ulotlarida echiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo‘lishi mumkin.
a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniytuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng xarakterli xossalarini eksperiment yo‘li bilan ko‘rsatish;
b) moddalarni bilib olish: masalan, bir qancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorodsulfidni, ammiakni topish: osh tuzi eritmasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini o‘yuvchi natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo.
v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko‘rish va unda qo‘shimchalar bor-yo‘qliginianiqlash;
g) moddaning sifat tarkibini (qanday elementlardan iboratligini) aniqlash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis kuporosi tarkibiga mis, sulfat kislota qoldig‘I va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yo‘li bilan isbotlash;
D) moddaning, masalan, mis kuporosi, gips, suv va boshqalarning miqdoriy tarkibini (qanday elementlar qanchadan borligini) aniqlash;
E) amaliy ahmiyati katta bo‘lgan moddalarni, masalan, tuproq, suv, sut, non va boshqalarni sifat va miqdor jihatidan analiz qilish;
J) moddaning tuzilishini aniqlash, masalan, sirka aldegidning, sirka kislotaning, etil spirtining va boshqalarning tuzilishini tajriba yo‘li bilan isbotlash.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling