Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


-laboratoriya mashg’uloti: Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalarni yechish metodikasi


Download 0.54 Mb.
bet71/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

3-laboratoriya mashg’uloti: Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalarni yechish metodikasi


Ishning maqsadi: Kimyo to‘garagida yechiladigan masalalar, ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari, o’tkazish va yakunlash malakasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter,marker,vatmen qog’oz. Kompyuter, virtual laboratoriya va videoroliklar.
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o`qitishda masalalarning ahamiyati va ularning klassifikasiyasi, kimyoda sifatga va hisoblashga doir masalalar yechish tiplari, hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi.
Nazariy ma’lumot
Kimyoviy masalalar yechish amaliy, o`qitishni turmush bilan bog`lash, kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi, fanlararo aloqadorlikni ta`minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar yechish, o`quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o`ynaydi. Rivojlanish fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo`llanishi, o`z-o`zini nazorat qilish, ko`nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o`quvchida mustaqillikni rivojlantiradi.
Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi. Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko`proq qo`llaniladi. Masala yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi.
Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o`z boshidan kechiradi va abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi. Masalalar yechish turiga ko`ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo`ladi.
Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko`p qo`llanadigan tiplari quyidagilar:

  1. Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin to`xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda boshqa modda hosil bo`ladi?

  2. Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima uchun reaksiyaga kirishadi.

  3. Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang. Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini aniqlang.

  4. Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz?

  5. Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin?

  6. Moddalarni olish: Ma`lum bo’lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish. Masalani og`zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin..

Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar yechiladi. O`quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar.
Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar bo`yicha hisoblash:
a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo`yicha hisoblash;
b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash;
v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash;

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling