Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet73/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Tayanch tushunchalar
Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi, natijada moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi.
4-laboratoriya mashg’uloti: Kimyo to‘garagida namoyish qilinadigan tajribalar
Ishning maqsadi: Talabalarda o’quvchilarga havfsizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish ma’suliyatini oshirish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, virtual laboratoriya va videoroliklar.

O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruxga bo‘lish mumin.


Birinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning o‘zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o‘stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko‘proq qiziqtiradi.
Ikkinchi gurux o‘quvchilarni moddalarning ancha murakkab o‘zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullarin jumladan, eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda echish qiziqtiradi.
Uchinchi gurux o‘quvchilarni ancha qiyin nazariy va eksperimental masalalarini yechish, kimyoviy analiz,, hozirgi zamon kimyosi va kimyo sanoati muammolari, eng muxim kimyoviy g‘oyalarning rivojlanish tarixi, vatanimiz kimyogarlarining imliy faoliyati qiziqtiradi.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarda shu mashg‘ulotlarning tashkiliy tomoni juda muxim rol o‘ynaydi.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga, o‘quvchilardan har birining mayliga ko‘ra o‘tkaziladi, ammo bu mashg‘ulotlarning o‘z dasturi, mutlaqo muayyan dasturi va bu dasturni bajarish yuzasidan tuzilgan kalendar reja bo‘ladi. Sinfdan tashqi ishlarning dasturi va rejasida o‘quvchilarning nimalarga qiziqiishi va bu qiziqishni sekin-asta kengaytirish hamda chuqurlashtirish ko‘zda tutiladi.
Ishni o‘quvchilarning o‘zlari tashkil etadi.
Yosh kimyo xavaskorlarining ijodiy faoliyatini oshiruvchi zaruriy shart ularning ma’lum bir maqsadga intilishdir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘quvchilarni sinfdan tashqi mashg‘ulotlarga qiziqtiribgina qolmasdan, ularning qiziqishini quvvatlash va chuqurlashtirish ham juda muximdir. Bunga erishishning eng oson yo‘li o‘quvchilarning mashg‘ulotini ma’lum aniq vazifalarni hal qilishga qaratishdir. Ba’zi o‘quvchilar maktabning o‘quv ishiga yordam berishni: kimyo xonasini jixozlash, o‘quv mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘ladigan ko‘rsatma qo‘llanmalar tayyorlash, darslarda qilib ko‘rsatish uchun tajribalar yoki sinfda o‘rganiladigan masalalar uchun qisqacha axborot tayyorlashi va boshqalarni o‘z oldilariga vazifa qilib qo‘yadilar. Ba’zi o‘quvchilar o‘zlarining sinfdan tashqi mashg‘ulotlarini, asosan, ijtimoiy foydali ishga bagi’shlaydilar: kimyo kechalari, olimpiadalar, ijodiy konferensiyalar uyushtiradilar, maktab o‘quv-tajriba uchastkasi ishida kimyogar sifatida qatnashadilar. Ba’zi o‘quvchilar esa, o‘z ishlarini keng ko‘lamda olib borishga, masalan, mahalliy aholi orasida kimyoviy bilimlarni sistemali suratda tarib qilishga, hosilni oshirish uchun kurashga, yoshlarning tuman yoki shahar ijodiy konferensiyasida ishtirok etishga qaratadilar va hokazo.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning ma’lum bir maqsad ko‘zda tutilib o‘tkazilishi o‘quvchilarni qiziqtiradi, ularga topshirilgan tadbirlarni va bular bilan boliq bo‘lgan nazariy masalalarni yanada jiddiyroq, yanada muxim ishlab chiqishga rabatlantiradi, o‘quvchilarda jamiyatga ishiga vijdonan, masuliyat bilan qarash xususiyatlari hosil qiladi.
Kimyodan sinfdan tashqi mashg‘ulotlar tevarak-atrofdan ajralgan holda emas, balki bundan manfaatdor bo‘lgan maktab tashkilotlari hamda maktabdan tashqari tashkilotlar bilan mustahkam aloqa bog’lagan holda o‘tkazilishi kerak.
Maktabda kimyo havaskorlari bo‘lgan o‘quvchilargina emas, fizika, biologiya va fanning boshqa sohalari havaskorlari bo‘lgan o‘quvchilar hamma vaqt topiladi. Fan va texnikaning bu yosh havaskorlari ishida juda ko‘p umumiylik bor. Fan va texnikaning bu xavaskorlari bir qancha eng muxim tadbirlarni bir-birlariga yordamlashib muvaffaqiyat bilan o‘tkazishlari mumkin. Maktab ish tajribalarining ko‘rsatishicha, yoshlarning masalan «O‘zbekiston fani va texnikasining muvaffaqiyatlari», «Fan va texnika asos solgan o‘zbek olimlari», «Moddaning tuzilishi to‘g‘risida hozirgi zamon tasavvurlari», «Elementlarni suniy yo‘l bilan boshqa elementlarga aylantirish» «Atomning ichki energiyasi», «Fanning tabiat bilan musobaqa qilishi» degan va ko‘pgina boshqa mavzularda konferensiyalar hamda kechalar o‘tkazishi ana shunday tadbirlar bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarning sinfdan tashqi ishlari shu o‘quvchilarni o‘tkazishga aniq tadbirlariga qarab baholanadi.
Sinfdan tashqi mashg‘ulotlarda qilingan ishlarni sistemali suratda hisobga olib borishning katta ahamiyati bor. O‘quvchilar sinfdan tashqi mashg‘ulotlar jarayonida qilgan hamma ishlarini ma’lum tartibga solishlari, byulletenda, jurnalda, ko‘rgazmada, maktab kechasida, darsda, konferensiyada va boshqalarda foydalanish mumkin bo‘lgan holga keltirishlari kerak. O‘quvchilarni tayyorlagan asbob, model, jadval, kolleksiyalarini, adabiyot manbalardan ko‘chirib olgan parchalarini va boshqalarni o‘zlari ko‘rsatishiga, o‘qib berishiga, tushuntirib berishiga imkon tug‘dirish kerak. O‘quvchilarning mustaqil suratda so‘zga chiqishlari ular ishining sifatini aniq ko‘rsatib beradi va demak ularning ijodiy ishga bo‘lgan maylining yanada o‘suviga olib keladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling