Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet75/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

2. Kimyodan amaliy mashg`ulotlar
Kimyodan amaliy mashg`ulotlar. O`quvchilarda kimyoviy ko`nikmalarning shakllanishi.
Amaliy mashg`ulotlarda ko`nikma va malakalarni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratiladi. Ular kimyo o`qitishni boshlanishi 7-sinfdayoq amalga oshiriladi. Kimyoviy ko`nikma va malakalarni shakllantirish aniq tizim asosida olib boriladi. Dastavval qizdiruvchi asboblar bilan ishlash ko`nikmalari hosil qilinadi, laboratoriya texnikasi o`rganib boriladi, ya’ni moddalarni qizdirish, aralashmalardagi moddalarni bir-biridan ajratish, texnika xavfsizlik qoidalarini o`rganish, so`ngra murakkab moddani parchalanib, oddiy moddalarni olish va ularning xossasini tekshirish. Keyingi bosqich murakkab moddalarni olish, masalan, mis(II) sulfatni eritmadan ajratib olish va aksincha quruq moddadan eritma tayyorlash. O`quvchilarning keyingi ishlari miqdoriy tajribalarini o`tkazishga qaratiladi. Tarozidan foydalanish, o`lchov asboblaridan foydalanib tajribalar o`tkazish va eksperimental masalalar yechishdan iboratdir.

3. Eksperimental masalalar
Eksperimental masalalar yechishga oid amaliy mashg`ulotlar ko`rib chiqilgan yo’riqnoma Yordamida tajribalar bajarilishga qaraganda boshqacharoq bo`ladi.
Eksperimental masalalar. Unda tajriba o`tkazish yo’riqnomasi bo`lmaydi, balki masalaning sharti kiritiladi. Masalaning yechish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni o`quvchilar mustaqil bajarishi kerak. Eksperimental masalalar yechishga o`quvchilarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda bo`ladi:
1. Dastavval butun sinf bo`yicha masala nazariy yechiladi, buning uchun masalaning shartini tahlil qilish zarurdir.
2. O`quvchilardan biri doskaga chiqib, masalaning nazariy yechimini ko`rsatadi.
3. Biror-bir o`quvchi doskaga chiqib tajribani masalasini bajaradi. Bundan so`ng hamma o`quvchilar o`z joylarida shunga o`xshash masalani eksperimental yechishga kirishadilar.
4. O`quvchilarning faolligi va mustaqil tajriba bajarishiga erishishi uchun eksperimental tajribalarni bir necha variantlarda bajarish muhim hisoblanadi.






Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling