Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet72/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash:
VIII sinfda formulalar bo`yicha hisoblash:
a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash;
b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda);
v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash
Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash
a). reaksiyaga kirishgan va hosil bo`lgan modda yoki gazlarning aniq miqdorini hisoblash;
b). kimyoviy tenglamalar bo`yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash;
v). termokimyoviy tenglamalar asosida hisoblash.
IX sinf uchun. Tenglamalar asosida hisoblash:
a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy tenglamalar asosida hisoblash;
b). nazariy hisoblashga qaraganda hosil bo`lgan moddaning massa miqdorini aniqlash;
v). ma`lum miqdor qo`shimchalari bo`lgan boshlang`ich moddadan reaksiya natijasida hosil bo`lgan moddaning miqdorini aniqlash.
X sinf uchun. Formulani topishga doir hisoblash
Gazsimon moddalarning molekulyar formulasini elementlar (% da) zichligi va massa miqdori asosida hisoblash.
Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo`llash kerak.
O`quvchilarga masala yechishda tanlashda, o`qituvchi ularni quyidagi maqsadlar asosida tanlashi lozim.

  1. Masala yechilishi jarayonida qanday tushuncha qonunlar, nazariyalar, faktlar yoki tayanch bilimlar mustahkamlanadi. Moddalarning qanday kimyoviy xossalari hisobga olinadi.

  2. Yechishning qaysi usullari hisobga olinadi.

  3. Masala yechilishi jarayonida qanday tafakkur qirralari rivojlanadi.

  4. Qanday didaktik funksiyalarni berilgan masala bajaradi.

Albatta murakkab masalalar ijodiy yondashishini, aqliy faoliyat ko`rsatishni, mustaqil ishlashni talab qiladi.
Iqtidorli o`quvchilar bilan ko`proq ishlab ularga albatta murakkab va muammoli masalalar yechish katta samara beradi.
Nazorat savollari
1. O`quvchilar eksperimentining qanday turlari mavjud.
2. Eksperimental masalalar yechishning didaktik maqsadi nima?
3. Kimyodan amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda qanday malakalar shakllanadi.
4. Azot va fosfor gruppachasi misolida nazorat topshiriqlar variantlariniing tuzilishi. Ularni yechishning metodik yo`llarini asoslang.
5. Bir necha tipga mos sifatga doir masalalarga misollar tuzing.
6. Har bir tipga mos miqdoriy masalalarga misollar tuzing.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling