Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet74/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

5-laboratoriya mashg’uloti: Zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Ishning maqsadi: Talabalarda zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, asbob va reaktivlar.


1. O`quvchi eksperimenti va uni bajarish bochqichlari
O`quvchi eksperimenti o`quvchilarning mustaqil ishlaydigan kimyoviy tajribalarini bajarishi bo`lib, maktab kimyo dasturida darslik va o`quv qo`llanmalarida keltirilgan bo`ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o`quvchilarda uni o`tkazishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o`quv materialini chuqur o`zlashtirishga olib keladi. U kimyo kasbini egallashda kimyoning turmush bilan bog`liqligini asoslashda muhim ahamiyatga egadir.
O`quvchilar eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy ishga bo`linadi. Ular bir-biridan didaktik maqsadi bilan farq qiladi. Laboratoriya tajribalarining maqsadi yangi bilimlarni egallashga yangi materialni o`rganishga qaratilgan bo`ladi. Amaliy mashg`ulotlar esa mavzuni o`rganib bo`lgandan keyin olib boriladi va u bilimlarni takomillashtirish hamda mustahkamlashga, amaliy ko`nikmalarning shakllanishi va shakllangan ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga olib keladi. O`quvchilar eksperimentining bajarilishi quyidagi bosqichlarda o`tadi.

  1. Tajriba maqsadini tushunib olish.

  2. Moddalarni o`rganish.

  3. Kimyoviy idish va asboblardan qurilmalar tuzish.

  4. Tajribani bajarish.

  5. Tajriba natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish.

  6. Olingan natijalarni tushuntirish va reaksiya tenglamalarini Yozish.

  7. Hisobot tuzish.

O`quvchi nima sababdan tajriba bajarilayotganligi va qanday muammoni tajriba asosida aniqlash mumkinligini bilishi kerak.
O`quvchidan moddalarni asboblar va indikatorlar Yordamida o`rganadi. Tajribani bajarish asboblar bilan qanday ishlash kerakligini, tajribaning borish Yo`lini bilishlari talab etiladi. Tajriba natijalaridan unga oid nazariy konsepsiyalari asosida xulosa chiqara bilish kerak.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling