Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet77/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Zn+2HCl=ZnCl2+H2
Ruxning kislotada erishi kuzatiladi. Shu jarayon rux metali bilan tutashtirilgan mis ishtirokida amalga oshirilsa, rux metalining korroziyalanishi yanada kuchayadi. Bu erda elektrokimyoviy korroziyalanish yuzaga kelib, bir metal musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanib qoladi.
Korroziyaga qarshi kurash. Metallar sirtini himoya qatlamlari bilan qoplanadi. Metallar sirtiga lak, bo’yoq, emal bilan qoplanadi. Metallarning sirtiga havo va boshqa agressiv muhitni ta’siri kamayib korroziya sekinlashadi.
Metallarning yuzasi boshqa metallar bilan(Ni,Cr,Zn, Cd,Sn,Cu,Ag,Au va boshqalar) qoplanadi. Metallarning yupqa pardasi ichkaridagi metallni keyingi oksidlanishdan saqlaydi.
Metallardan yasaladigan mashina va mexanizmlar metallning o’zidan emas, balki korroziyaga chidamli qotishmalardan yasaladi. Bunday qotishmalar juda ko’p. Ruxlangan, qalaylangan, xromlangan qotishmalar korroziyaga chidamli va xossalari toza metallardan ustun turadi.
Metallarni korroziyadan saqlash uchun elektrokimyoviy himoya usullaridan foydalaniladi. Metall buyumlarga faolligi yuqori bo’lgan boshqa metalldan tutgich (zaklyopka) ulab qo’yiladi. Bunda agar faol metal emirilib tugamaguncha asosiy metall korroziyaga uchramaydi. Dengizdagi kemalar, er osti quvurlari, gaz o’tadigan quvurlar korroziyasini sekinlashtirish uchun protektor himoya ishlatiladi. Bunday sharoitda ko’pincha po’lat quvurlarni himoyalsh uchun aktiv metal(masalan, rux) ishlatiladi. Protektor sifatida magniy, rux, alyuminiy qotishmalari ham qo’llanilsa yaxshi natijalar olingan. Protektor emirilib bo’lsa unga yangisi ulab qo’yiladi. Kemalarni korroziyalanishdan saqlash uchun ular mis bilan qoplanadi. Misli qoplamaga protektor(Zn, Fe, Mg) ulab qoyilsa kema korpusini korroziyalanishi sekinlashadi.
Metallar saqlanadigan muhitga korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar –ingibitorlar qo’shib qouiladi. Ingibitorlar organik moddalar, nitrit, xromat, silikat, fosfat kislota tuzlarining samaradorligi yuqoriligi ma’lum.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling