Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Muloqot ko’nikmalari
- 6. O’z-o’zini tahlil
1. Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2. Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish). 3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi). 4. Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra talaba bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarlihisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur). 5. Ijtimoiy ko’nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida o’quvchilar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish,bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama-qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim). 6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim). Blits-so’rov metodi so’rovda ishtiroq etuvchilar o’rtasida psixologik kommunikativ aloqani o’ratadi. Savollar so’rovchi tomonidan oldindan tuziladi. Savollar qisqa aniq javobni talab etadi.Bu metodda o’quvchilarga o’rganilgan butun mavzu va uning ma’lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo’yicha tuzilgan savollarga javob (og’zaki, yozma, jadval, diagramma) ko’rinishida taklif etiladi. Masalan: Eng yengil metallmas.Vodorod Gaz holatdagi qaysi metallmas eng og’ir? Xlor Qaysi metallmas davriy jadvalda “doimiy ruyxatda” emas? Vodorod Qaysi metallmasning nomi “hayotsiz” degan ma’noni bildiradi?Azot Napoleon qaysi modda birikmasi bilan zaharlangan? Mishьyak Qaysi metallmas sun’iy yo’l bilan olingan? Astat Olmos qaysi metallmas atomlaridan tashkil topgan? Uglerod Qaysi element yetishmovchiligidan bo’qoq kasalligi kelib chiqadi? Yod Qaysi element yetishmovchiligi kariesga olib keladi? Ftor Birinchi jahon urushida kimyoviy qurol sifatida ishlatilgan sarg’ish-yashil gaz? Xlor Yagona suyuq metallmas? Brom Badbuy element? Brom Nurli metallmas. Fosfor Alximiklar“falsafa toshi”ning asosiy tarkibida qaysi element bo’ladi deb taxmin qilishgan? Oltingugurt Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling